Iroq fuqarolar urushi yoqasida

  • Amerika Ovozi

"Iroq va Shom islomiy davlati" jangarilari asirga olingan Iroq hukumati askarlari bilan, 14-iyun, Tikrit, Iroq.

"Iroq va Shom islomiy davlati" jangarilari Mosulni o'z nazoratiga olgach, shahardan qochib chiqqan oila Kurdiston viloyatidagi Arbil shahriga tikilgan o'tov ichida, 12-iyun, 2014-yil.

"Iroq va Shom islomiy davlati" jangarilari tomonidan e'lon qilingan suratda asirga olingan Iroq askarlari o'qqa tutilayotgani aks etgan, 15-iyun, 2014-yil.

Iroq armiyasi askarlari Bag'doddagi Tahrir maydonini qo'riqlamoqda, 16-iyun, 2014-yil.

Iroq xavfsizlik kuchlari Jurf al-Saxarda "Iroq va Shom islomiy davlati" jangarilari bilan o'q almashmoqda, 14-iyun, 2014-yil.

"Iroq va Shom islomiy davlati" jangarilari asirga olingan Iroq hukumati askarlari bilan, 14-iyun, 2014-yil, Tikrit, Iroq.

"Iroq va Shom islomiy davlati" jangarilariga qarshi kurashish uchun ko'ngilli bo'lib armiyaga qo'shilish istagida harbiy markaz yoniga yig'ilgan iroqliklar, 14-iyun, 2014-yil.

Basra shahridagi Shia jangarilari "Iroq va Shom islomiy davlati" guruhiga qarshi qo'lida qurol bilan, 15-iyun, 2014-yil.

Kurdiston viloyatining Arbil shahri yaqinida mosullik qochoqlar uchun tikilgan lagerdagi bolalar, 14-iyun, 2014-yil.

"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhi jangarilariga qarshi kurashish uchun armiyaga qo'shilgan iroqliklar harbiy mashinalarda Bag'dodni tark etmoqda, 13-iyun, 2014-yil.

"Iroq va Shom islomiy davlati" guruhiga qarshi kurashish uchun armiyaga qo'shilgan iroqliklar jangarilarga qarshi namoyish o'tkazmoqda, 13-iyun, 2014-yil.

Kurdiston avtonom viloyati xavfsizlik kuchlari Diyala shahri yaqinida jangarilarga qarshi o't ochmoqda, 14-iyun, 2014-yil.