Qirg'iziston ko'chalarida o'ziga yarasha hayajon va xavotir hukmron

  • Jeyms Bruk

Qirg'iziston ko'chalarida o'ziga yarasha hayajon va xavotir hukmron

Qirg'iziston ko'chalarida o'ziga yarasha hayajon va xavotir hukmron. Yaqin o'tmishda ikki inqilobni, etnik xunrezlik, siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy inqirozlarni boshdan kechirgan bu xalqning kelajakka umidi so'nmagan. Saylov tinch o'tsa bo'lgani, deydi odamlar, bu yog'i bir gap bo'ladi. Oliy lavozimga 16 nomzod da’vogarlik qilmoqda.

Bishkek

Markaziy Osiyoda ilk marotaba saylov amaldagi rahbar ishtirokisiz o’tadi. Yangi konstitutsiyaga muvofiq, prezident Roza Otunbayeva shu yil oxirida amalni topshirishi kerak.

Shu tariqa, prezidentlikdan parlament tizimiga o’tish jarayoni yakunlanadi.

Qayd etish joiz, Sovet Ittifoqi qulagach regionda hokimiyat tepasiga kelgan rahbarlarning hech biri, shu kungacha, hokimiyatni o’z xohishi bilan tark etmagan.

Qirg’izistonda saylovoldi targ’ibot-tashviqot ishlari kecha nihoyasiga yetdi. Poygada qatnashayotgan 16 arbobdan yetti nafari siyosiy partiyalar vakillari. Qolganlari mustaqil nomzodlar.

Qirg'iziston ko'chalarida o'ziga yarasha hayajon va xavotir hukmron

Sobiq jurnalist va siyosatshunos Pyotr Chernyak, ayrimlar siyosiy nayrang va qalloblik haqida hozirdan bong urayotgan bo’lsa-da, yakshanba kungi saylov tinch va osoyishta o’tishiga ishonadi.

Yaqingacha Qirg’iziston bosh vaziri lavozimida ishlagan Almazbek Atambayev reytinglarda raqiblaridan oldinda. O’zini reklama qilish uchun davlat resurslaridan foydalangani haqidagi da’volarni u inkor etadi.

Qirg'iziston ko'chalarida o'ziga yarasha hayajon va xavotir hukmron

Oy boshida Atambayev Moskvaga borib, Bosh vazir Vladimir Putin huzurida bo’ldi. Kreml quvvatlovi qo’l kelishi aniq, deydi kuzatuvchilar.

U bilan bellashayotgan millatchi partiyalar liderlari - Adaxon Madumarov va Qamchibek Tashiyevlar janublik. Saylov qoidalariga ko’ra, nomzod g’alaba qilish uchun 50 foizdan ko’p ovoz to’plashi zarur.

Qirg'iziston ko'chalarida o'ziga yarasha hayajon va xavotir hukmron

“Natijani oldindan bashorat qilish qiyin”, - deydi bishkeklik Pyotr Chernyak. “Birinchi raundda hech kim 50 foizni qo’lga kirita olmasa, bir oydan keyin qayta saylov o’tkaziladi”.

Qirg’iziston – ham Rossiya, ham AQSh harbiy bazalariga mezbon yagona davlat. NATO Afg’onistonga yuk yetkazishda Manas tranzit markazidan foydalanib keladi.

Prezidentlikka yetakchi nomzodlar ijara muhlati kelishuvda belgilanganidek 2014-yilgacha davom etadi, demoqda. Rossiya bazasini yopish haqida esa hech kim lom-mim demaydi.

Qirg'iziston ko'chalarida o'ziga yarasha hayajon va xavotir hukmron

Valentin Bogatyrev, Bishkekdagi “Perspektiva” tahlil markazi direktorining aytishicha, 2014-yilda NATO qo’shinlari Afg’onistonni tark etishi borasida turli qarashlar mavjud.

“Markaziy Osiyo beqarorlikka yuz tutadi, ektremizm shimol tomonga tarqaladi degan xavotir mavjud”, - deydi u.

Qirg’izistonda prezident olti yil muhlatga, faqat bir marotaba saylanishi mumkin.