Los-Anjeles shahridagi 80 kilometrlik daryoning asosiy qismi beton bilan qoplangan. Ko’p yillar davomida odamlar unga axlat va chiqindi tashlab kelgan. So’ngra shahar fuqarolari hashar uyushtirib, daryoni tozalashga qaror qildi. Ko’ngillilar yordamida bu yer yana eski holiga qaytmoqda. Sohilda odamlar dam oladigan, butazorlarda qushlar in quradigan bo’ldi.
Los-Anjeles daryosi sohillari XX asr boshida yuz bergan kuchli toshqinlardan so’ng beton bilan qoplangan.
Yaqinda minglab ko’ngillilar bu yerda qish davomida yig’ilgan chiqindilarni tozalash uchun to’plandi.
Bugun daryo yana asl holiga qaytgandek. Ko’ngillilar bundan xursand.
“Daryoning ko’rinishi ancha yaxshilandi. Yoshligimda bu yerda quruq beton ustida odamlar mashinada poyga uyushtirardi”, - deydi ko’ngillilardan biri Karol Xenning.
1978-yilda suratga olingan mashhur “Moy” (“Grease”) badiiy filmida Los-Anjeles daryosi tasvirlangan. Hozir sohilning ayrim qismlari yana dam olish maskaniga aylantirildi.
Endi bu yer shahar chiqindixonasi emas, deydi shoir Lyuis Makadams. U 1986-yilda “Daryo do’stlari” deb nomlangan guruh tuzgan.
“Daryo shahar bezagiga aylandi. Yigirma to’rtinchi hasharimiz bu. Hisob-kitobimizga ko’ra, tozalash ishlari natijasida shu kunga qadar Los-Anjeles daryosidan deyarli yarim tonna axlat chiqqan”, - deydi u.
Daryoda topilgan narsalar odamni hayratga soladi, deydi “Disney” kompaniyasidan kelgan yordamchi Jon Dubler.
“Plastik paketlar va kiyim ko’p topiladi. Hatto kompakt-disklar ham bor”, - deydi u.
Jek Lebik ham ko’ngillilardan biri.
“Sellofan paketlar tonnalab chiqadi. Eng ko’p chiqindi shu. Yer ostiga ko’milib ketgan”, - deydi u.
Har yili o’tkaziladigan hashar o’z samarasini bermoqda. Daryo atrofi tozalanib, o’zining tabiiy holiga qaytmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5