Rossiyada Bosh vazir Vladimir Putinning prezidentlikka qaytish ehtimoli Tojikistonda ijobiy baholanmoqda. Buning asosiy sababi Tojikistonning ko’p jihatdan hali ham Rossiyaga tobeligidir. 4-martda o'tadigan saylovda Putin g'olib chiqishi aniq, deydi siyosiy tahlilchilar.
Rasmiy Dushanbe ko'p jihatdan Kreml yordamiga muhtoj.
Putin prezidentlikka qaytsa, munosabatlar yanada mustahkamlanadi degan umid bor.
Respublikada asosiy ishchi kuchining muhojiratda, aynan Rossiyada, pul topayotgani aholining ruslarga xahrixohligini belgilab berayotgan omillardan biri.
“Markaziy Osiyodan borganlar pul ishlashga bordi-yu, lekin Rossiyani qaytadan qurdi. Men Rossiyada avtoritarizm rivojlanmoqda degan fikrga qarshiman. Putin hatto xohlayaptiki, eski ittifoq birlashsa. Lekin Rossiyaning xavfsizligi ham uning bo’ynida-ku. U to’rtta odam boy bo’lib, qolganlar yugurdak bo’lishini xohlamayapti.”
Yana bir ziyoli, Abdumalik Jumayev Tojikistonda Putin tarafdorlari faqat keksa avlod vakillari, deydi.
“Chunki ular hamon sobiq totalitar tuzum mafkurasi asoratidalar. Garchi tojikistonliklar Rossiyadagi mehnat muhojirlari ortidan kun ko’rayotgan bo’lsa ham, bu narsa mangu davom etmaydiku.”
ТоjIkiston Huquq, Biznes va Siyosat Universiteti bitiruvchisi, hozirda ishsiz yurgan mutaxassis Xurshida Qurbonova ham yuqoridagi fikrlarga qo’shiladi.
Rossiya tashqi siyosatida diktatorlik, kichik davlatlarga hukm o’tkazish, shovinizm holatlari Putin davrida rivojlandi, deydi u.
Uning nazarida, Putin va Medvedev orasidagi o’zaro kelishuv avval boshdan ma’lum bo’lgan.
Putinning qaytishi bilan Tojikiston Rossiyaga yanada qaram bo'ladi, ayniqsa harbiy sohada, deydi u.
Shunga o’xshash mulohazalarni Tojikistonda mustaqil “Najot”, “SSSR”, “Оzodagon”, “Millat”, “Aziya-Plyus” singari ro’znomalarda ham uchratish mumkin. Ularda mualliflar Putinning prezidentlikka qaytishi bilan respublikaga bosim oshishi mumkin deya izoh beradi.
Shayx Abduqahhorning fikricha, Rossiyaning mutlaq hokimligini olgan Putin armiyani kuchaytirar ekan, nafaqat qudratli davlat tuzishni balki, G’arbga mutanosib kuchni saqlab qolishni istaydi.
Ba’zi tahlilchilar nazarida esa harbiy xarajatlarni ko’paytirish bilan Rossiya sobiq Sovet Ittifoqi xatosini takrorlab, o’zining parchalanib ketish ehtimolini oshirishi mumkin.