Tojikistonda yil yakunlari: GES, saylovlar, so’z erkinligi, Rasht va jangarilar

Tojikistonda yil yakunlari: GES, saylovlar, so’z erkinligi, Rasht va jangarilar

2010-yil Tojikistonda voqealarga boy bo’ldi. Yil boshida Rog’un GESi qurilishi boshlanib, aholiga ko’proq elektr energiyasi berila boshladi, parlamentga saylovlar o’tdi.

Milliy xavfsizlik qo’mitasi izolyatoridan mahbuslar qochdi, Rasht vodiysida jangarilar bilan janglar kechdi, gazeta va internetga to’siqlar qo’yildi.

Muallim Ismoil Bekbo’tayev Rog’un va Sangto’da-2 GESlari qurilishi boshlanganidan xursand.

“Sportga, yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor berildi”,- deydi u.

“Lekin Xo’jandda bo’lgan portlash, Rashtdagi urushlar, qamoqxonadan qochishlar… bularni esdan chiqarib bo’lmaydi. Gazetalarning berkitib qo’yilishi, internetga to’sqinlik, bularning bari Tojikiston obro’sini tushirdi”, - deydi o’qituvchi.

Tojikistonda yil yakunlari: GES, saylovlar, so’z erkinligi, Rasht va jangarilar

Tashqi siyosatda, deydi u, dunyo bilan, xususan, Yevropa, Turkiya bilan aloqalar mustahkamlandi, Xitoy bilan munosabatlar yaxshilandi.

Jurnalist Barot Yusufiy 2010 yilda Rog’un GESi qurilishi milliy mafkura darajasiga ko'tarilgani, parlamentga saylovlar tinch o’tgani, ammo saylovda muxollif partiyalar sust bo’lganini aytadi.

Yusufiy Tojikistondagi terroristik amaliyotlar respublika tarixida qonli dog’ bo’lib qolishini ta’kidlar ekan, bunday holat takrorlanmasligiga umid bildiradi.

Uy bekasi Jamila Otayeva nazarida xotin-qizlar hayotida o’zgarish ko’rmagan.

Aksariyatining turmush o’rtog'i Rossiyada. “Rossiyadan pul jo’natishini kutib o’tiramiz”, - deydi u.

Tojikistonda yil yakunlari: GES, saylovlar, so’z erkinligi, Rasht va jangarilar

“Agar korxonalar ishga tushib, bir yordam bo’lmasa, boshqa umid qiladigan joyimiz yoq”, - deydi uy bekasi.

Sobiq o’qituvchi, hozir O’zbekiston nashrlarini sotib, kun ko’rayotgan Abduhamid Mahkamov 2010 yilni shaxsiy hayotida ijobiy baholarkan, ikki qizini chiqarib, nevara to’yi qilganini, oilasi baxtli ekanini aytadi.

O’qituvchi Mahkamov va uning hamrohi Qo’chqorbek 2010 yilda O’zbekiston bilan munosabat yaxshilanmagani, chegara masalasi hamon qaltis bo’lib qolayotganini eslatadi.

“O’zbekiston bilan hech adovatimiz yoq, lekin bizni ko’rsa, xuddi Juma Namangoniyday… Lekin biz faqat qarindosh-urug’ uchun boramiz”,- deya norozi bo'ladi u.

“Yo’ldagi chegarachilar tan olmasdan hammani sarson qiladi. Tamom. Chegarada o’zbekistonliklar g’irrom ish qilyapti”, - deydi Qo’chqorbek.

Tojikistonda yil yakunlari: GES, saylovlar, so’z erkinligi, Rasht va jangarilar

16 yoshli Sitora Sultonova Tojikiston hukumatining yil oxirida yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratganini ijobiy baholaydi.

“Mamlakat rahbari yoshlar tarbiyasi haqidagi yangi qonunni xalq muhokamasiga qo’ydi. O’ylaymanki, bu qonun o’z vaqtida ishlab chiqildi va yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi”, - deydi u.

Kuzatuvchilar nazarida farzandlar tarbiyasida javobgarlik haqidagi yangi qonun loyihasi yoshlarni jinoiy, jangari guruhlar, islomiy oqimlardan tutib turishga qaratilgandir.