Qirgʻizistonda parlament saylovi 28-noyabrda oʻtadi. Natijasi bekor qilingan avvalgi saylovdan keyingi bir yil ichida konstitutsiya oʻzgartirilib, deputatlarning soni qisqargan.
Qirgʻizistonda parlament saylovi 28-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Natijasi bekor qilingan avvalgi saylovdan keyingi bir yil ichida davlat konstitutsiyasi oʻzgartirilib, parlament deputatlarining soni qisqargan. Shu bilan birga deputatlarning vakolatlari ham kamaytirilgan.
1979-yildan 1989-yilgacha Afgʻonistonga “baynalmilal xizmat oʻtash” uchun joʻnatilgan yetti mingdan ortiq qirgʻizistonliklar orasida oʻshlik Azimjon Mamajonov ham boʻlgan.
1979-yildan 1989-yilgacha Sovet armiyasi safida yetti mingdan ortiq qirgʻizistonlik Afg'oniston urushida qatnashgan. Ular orasida oʻshlik Azimjon Mamajonov ham boʻlgan. Oʻz xotiralarini “Amerika Ovozi”ga so'zlab bergan faxriy “Afgʻon xalqi tinch va osuda hayot kechirishga haqli”, - deydi.
Qirg‘izistonda asalari parvarishi va asal yetishtirishga bo‘lgan qiziqish so‘nggi vaqtda ortib bormoqda. Mamlakatda yiliga 10-12 ming tonna asal yetishtiriladi, shuning yarmi Jalolobod viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Norvegiyada yashayotgan o’zbekistonlik jurnalist, muholifat faoli Ulug’bek Bakir O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi arafasida “Amerika Ovozi” bilan suhbatlashdi.
Sherzod Muhammad Ashraf Afgʻonistonning Faryob viloyatida tugʻilgan. Qirgʻizistonda tibbiyot sohasida tahsil olgan. Oʻzbek madaniyati va oʻzbek tilining targʻibotchilaridan biri boʻlgan Sherzod hozirda Toshkentda yashab, tadbirkorlik bilan shugʻullanib keladi.
Qirg'iziston rasmiylarining aytishicha, Tojikiston bilan chegara ochilsa, Qirgʻizistonga ham Afgʻonistondan qochqinlar oʻtib kelishi mumkin.
O’zbekistonliklar chegaradan o’tish qiyin desa, Qirg’iziston chegarachilarilariga ko'ra, muammo yo’q.
Ziyodxon Ataxoʻjayev Qirgʻizistonning Olabuqa tumaniga qarashli Safed Bulon qishlogʻidagi maktabda informatika oʻqituvchisi boʻlib ishlaydi. U faqatgina informatika saboqlarini beribgina qolmay, chekka qishloqdagi bolalarga kelajak orzularini ham beradi.
Qirgʻizistonda nohukumat tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Ayrim ekspertlarga ko’ra, u Rossiyadagi "chet el agentlari"ga oid qonunning yumshoq ko’rinishidir.
Gulgʻaqi Mamasaliyeva - “Interbilim” jamoat uyushmasining Oʻshdagi vakili. Uning aytishicha, yaqinda prezidenti Sadir Japarov qoʻl qoʻygan nohukumat tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririni yuqori amaldorlarning fuqarolik jamiyati tashkilotlariga nisbatan bosim deb atash mumkin.
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining yetakchisi Qamchibek Tashiyev Afgʻonistonda yuzaga kelgan bugungi vaziyatni Qirgʻiziston uchun tashqi xavf deb atadi. Tokistonga ham yordam beramiz, deydi u.
Asli turkiyalik boʻlgan, ammo bir necha yil avval Qirgʻiziston fuqaroligini olgan “Sapat” xalqaro taʼlim muassasalari prezidenti Oʻrxan Inandining oʻgʻirlanishi Qirgʻiziston jamoatchiligida muhokamalarga sabab boʻlib, tanqidiy mulohazalarni kuchaytirgan.
Qirgʻiziston hukumati “Centerra” bilan sudlashishga tayyorlanmoqda. Hozirda Kanada kompaniyasi Qumtoʻr konida nazoratni to’liq boy bergan.
Savdo-logistika markazi Qirgʻizistonning Olabuqa tumanining Boyaston qishlogʻida, Oʻzbekistonning Kosonsoy tumanidan uzoq boʻlmagan 20 gektar hududda qurilmoqda.
Qirgʻiziston va Oʻzbekiston davlatlarining savdo aloqalarini mustahkamlash maqsadida ikki davlat chegarasiga yaqin hududda savdo-logistika markazining qurilishi boshlandi.
Qirg'izistonning Oʻsh shahrida 2010-yilda qurbon boʻlganlarga bagʻishlab qurʼon oʻqildi. Marosim oʻtkazilgan “Onalarning koʻz yoshi” xotira majmuasining yoniga iyun voqeasida yaqinlarini yoʻqotganlar, mahalliy hukumat vakillari va siyosatchilar kelib, qurbonlarni yod etdi.
"Andijonda turgan bokschi Kanadadagi oʻz raqibini taniydi, lekin Toshkentda yashab ijod qilayotgan odam Oʻshdagi oʻzi tengi ijodkorni tanimasligi mumkin”, - deydi “Yoshlik” jurnalining bosh muharriri oʻrinbosari Nurilla Chori.
Ko'proq...