21-fevral kuni AQSh Davlat kotibi Marko Rubio respublika bosh diplomati Baxtiyor Saidov bilan telefonlashgan. Vazirlik bu muloqotni "samimiy va samarali suhbat", deya ta'riflagan.
O’zbekiston Ichki ishlar vazirligi Mubashshir Ahmadga nisbatan diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish bilan bog'liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To’qayev AQSh-Rossiya muloqoti tiklanayotgani va Ukraina urushini to’xtatishga doir muzokaralarni yoqlab chiqqan.
Toshkent viloyatidagi qamoqxonalarda ikki mahkum jon bergan. Biri, rasmiylarga ko'ra, yurak xuruji va pankreatitdan, ikkinchisi esa qattiq jarohatlanib, o'lgan.
Qirg'izistonda ko'rib chiqilayotgan qonun loyihasi oilaviy marosimlarni o‘tkazishda fuqarolarning iqtisodiy ahvoliga jiddiy zarar keltirayotgan isrofgarchilikni cheklashga qaratilgan.
Qozoq ovullarida yashovchi ayollar ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent yaratib, o‘z oilalariga qo‘shimcha daromad keltirmoqda. Ayni chog‘da ular internetda o‘quv kurslarini ham olib borishadi.
180 davlat va hududlardagi ahvol tahlil qilinganida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo dunyoning yulg'ichlik va poraxo'rlikka qarshi kurashda eng qoloq qismlaridan biri sifatida gavdalanadi.
BMT Xavfsizlik kengashi Afg’onistondan terror tahdidi oshmoqda, deya xavotir bilganidan bir kun o’tib, 11-fevralda Qunduzdagi xurujda bir necha kishi, jumladan Tolibon qo’mondonlaridan biri halok bo`lgan.
Iqlim va atrof-muhitdagi va ayniqsa suv bilan bog'liq muammolar real, deyiladi tahlilnomada, ularni biror davlat, qanchalik o'ziga ishonmasin yoki o'zboshimcha bo'lmasin, yolg'iz hal eta olmaydi.
Qirg'iziston va Xitoy hamkorlikni mustahkamlashga doir hujjatlar imzoladi, jumladan yangi davrda strategik sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo’shma bayonot ham.
Avval saylovlarni uzoq va qisqa muddatli ekspertlar bilan kuzatishini e´lon qilgan YXHT Dushanbe tashkilot ekspertlarini akkreditatsiyadan o`tkazishni paysalga solgani uchun shunday qarorga kelgan.
AQSh elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, 2019-2023 yillarda USAID O’zbekiston ta’lim tizimi rivoji uchun 40 million dollar sarflagan. Qo'shni davlatlarda ham sohama-soha shunga o'xshash ko'mak yetkazilgan.
Ko'proq...