Breaking News

Namoyishlar: Amerika - muhojirlar mamlakati

Prezident Donald Tramp yetti musulmon mamlakatidan, jumladan Iroq, Suriya, Eron, Sudan, Liviya, Somali va Yamandan hech kimni Amerikaga kiritmaslikni buyurgani keskin norozilik uyg'otib, minglab odamlar aeroportlar va shaharlar bo'ylab namoyish qilmoqda. Oq uyga ko'ra, taqiq terrorizmga qarshi kurashning bir qismi. Qarshi tomon nazarida esa muhojirlarga bag'rini ochib tanilgan bu yurt endi ularga eshik yopayotgani vijdonsizlik va insofsizlikdir. Prezident AQSh, erkin diyor, qadriyatlariga qarshi bormoqda, deya hayqirmoqda namoyishchilar. Federal sud Trampning farmonini noqonuniy deb topgan. Oq uy uchun bu masala yanada murakkablashgan.

XS
SM
MD
LG