Breaking News

Bosh vazir: Falastin yo qoladi, yo yo'q bo'ladi


Muhammad Shtayya, Falastin Bosh vaziri
Muhammad Shtayya, Falastin Bosh vaziri

Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtayya deydiki, Isroil uning yurtini qismma-qism egallab, tamoman o'ziniki qilib olish harakatida. "Dunyo nega jim?" deya so'radi Shtayya BMT boshchiligida kechgan virtual majlisda.

Shtayya xalqaro hamjamiyatni Isroilga qarshi sanksiyalar qo'yishga chaqirdi. Falastin BMTda kuzatuvchi maqomiga ega va mustaqil davlatga aylanib, a'zolikka kirish orzusida.

“Iroil bunga qarshi va dunyo ahli hech narsa demayapti”, - deya nolidi Shtayya.

BMT Xavfsizlik kengashida 2016-yilda qabul qilingan rezolyutsiyaga binoan, Falastin hududlari o'zgartirilmasligi kerak va Isroil yahudiy aholi uchun uy-joy quramiz deya uning hududiga da'vo qilmasligi lozim.

G'arbiy sohil
G'arbiy sohil

Falastinga ko'ra, Isroil rezolyutsiyaga amal qilmay kelmoqda.

Benyamin Netanyahu bosh vazir sifatida yangi muddatini boshladi, kelasi bir yarim yil shu lavozimda. U Iordan daryosining G'arbiy sohilini o'zlashtirish rejasida qat'iy, ya'ni Falastin ahli o'z hududi deb biladigan joylarda Isroil yangi qurilishlar boshlamoqchi. Netanyahu fikricha, bu "bunyodkorlik ishlari" arablar va yahudiylarni bir-biriga yaqinlashtiradi. Falastin tomon esa yana qon to'kiladi deya ogohlantirmoqda.

Isroil G'arbiy sohilning qariyb 30 foizida yangi loyihalarni amalga oshirmoqchi. Falastin esa bu yerlarning bo'lajak mustaqil davlatining ajralmas qismi, deb biladi.

Benyamin Netanyahu bosh vazir sifatida yangi muddatini boshladi
Benyamin Netanyahu bosh vazir sifatida yangi muddatini boshladi

Vashington Netanyahuni rejalarni qayta ko'rib chiqishga undamoqda. Davlat kotibi Mayk Pompeo Isroil hukumatini shoshmaslikka chaqirgan.

“Pompeoning gaplaridan naf yo'q, chunki Isroil Amerika prezidentidan ruxsat olib bo'lgan", - deydi Falastin Bosh vaziri Shtayya, Donald Trampni yahudiylarga yon bosayotganlikda ayblar ekan.

Falastin nazarida, AQSh vositachilikka loyiq emas, chunki "noxolis". Shtayya BMTni ham siyosiy zaiflik va irodasizlikda ayblagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG