Ukraina-Rossiya urushining 40 kuni. “Amerika Ovozi” Kiyev metrosida. Urush davomida bu metro eng ishonchli himoya istehkomlaridan biriga aylandi, ayniqsa poytaxt atrofida ashaddiy janglar kuzatilgan, shahar raketa zarbalari ostida qolgan paytlarda.
Metro bekatlari minglab aholi uchun haqiqiy boshpana. Urush qochqinlari vagonlarda, poyezdlarda yashamoqda.
Bu yerlarda jon saqlayotgan aholi soni hamon ko’p, chunki Kiyevda atrofida janglar bir qadar tinganiga qaramasdan, havo trevogalari davom etmoqda.
Poytaxt ma’muriyati metrodagi aholiga insonparvarlik yordami ko’rsatyapti.
Metroda tibbiy ko’rik, hatto psixologlar xizmati ham tashkillashtirilgan. Qochqinlar bilan turli nohukumat tashkilotlar shug'ullanmoqda.
Urush boshlanganidan buyon Kiyev metrosi maxsus yopiq hudud hisoblanadi. Ammo 4-aprel kuni metropoliten rahbariyati ayrim bekatlarni OAV uchun ochib, suratga olishga ruxsat berildi.
Facebook Forum