Breaking News

Rossiya nazoratidagi Xersonda rus pasportlari tarqatilmoqda


Rossiya pasportini olish uchun navbatda turgan xersonliklar
Rossiya pasportini olish uchun navbatda turgan xersonliklar

Ruslar hujumlariga qaramasdan shaharda qolishni afzal ko’rgan xersonliklar Rossiya fuqaroligini olish uchun navbatda turibdi. Ukrain askarlari shaharni urush boshidayoq tashlab chiqqan edi.

Xalqaro hayot - 27-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:13 0:00

"Rossiyani sevaman. Rossiyaga shon-sharaflar bo’lsin!”, – deydi 58 yashar Igor Chayka ismli bir odam.

92 yoshli bir onaxon rus pasportini qo’lga olib, ko’zidagi yoshlarini artarkan, baxtiyor ekanini aytadi.

Xerson ma’muriyatiga ko’ra, Rossiya fuqaroligini olishga shu kunga qadar 11 mingdan ortiq ariza tushgan, shulardan 2300 dan ziyodiga rus pasporti tarqatildi.

Shahardagi 11 ta pasport markazi har kuni 300 taga yaqin da’vogarning arizasini ko’rib chiqmoqda.

Ukraina hukumati va AQSh Rossiyaning bunday harakatini noqonuniy deb qoralarkan, Moskvani ukrain hududlarini Rossiyaga qo’shib olish harakatida ayblayapti.

Kuzda, aniqrog’i sentabr oyida Xersonda Rossiyaga qo’shilish masalasi bo’yicha referendum o’tkazilishi mumkin.

Xerson Rossiyaga 2014-yilda anneksiya qilingan Qrimni quruqlik orqali bog’laydi, Dnepr daryosi bo’yidagi Shimoliy Qrim kanali esa yarimorolni ichimlik suvi bilan ta’minlaydi. Ukraina hukumati 2014-yil bahorida kanalni to’sib, Qrim aholisini suvsiz qoldirgan edi, biroq Xerson ishg’ol qilinishi bilan suv ta’minoti tiklandi.

Xersondagi Antonov ko'prigi
Xersondagi Antonov ko'prigi

Bu o'rtada tunda Ukraina AQSh unga bergan HIMARS raketa tizimi yordamida Rossiya qo’shinlari nazoratiga o’tgan Xerson shahridagi yagona ko’prikni nishonga olib unga zarar yetkazgan. Dnepr daryosi ustidagi “Antonov” ko’prigi vaqtincha yopilgan.

"Ko’prik bo’ylab avtomobil qatnovi to’xtatildi. Tunda HIMARS raketasi bilan yana urishgan”, - deydi Xersondagi harbiy-ma’muriy boshqarma rahbarining o’rinbosari Kirill Stremousov.

Ruslarning bildirishicha, havo mudofaasi tizimi bir nechta raketani urib tushirgan.

Ayni paytda daryodan paromda o’tish yo’lga qo’yilgani aytilmoqda. Stremousov daryoning tepa qismidagi temir yo’l ko’prigi ham zarar ko’rganini, ta’mir ishlari ketayotganini ma’lum qildi.

Ukraina armiyasi so’nggi kunlarda Xersonni qayta qo’lga olish maqsadida qarshi hujum uyushtirilishi haqida bong urib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG