Netanyahu Kongressda so'zlab, Obamadan yanada uzoqlashdi

Your browser doesn’t support HTML5

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu o'tgan hafta AQSh Kongressida so’zlab, Obama siyosatini qoraladi. Eron bilan ketayotgan muzokaralar tinchlikka yetaklamaydi, deydi u, islomiy respublika bir tomondan gap sotmoqda, ikkinchi tomondan esa vaqt yutayapti, yadroviy dasturini mustahkamlamoqda.