Bugungi O‘zbekistonda huquq himoyachisi bo‘lish nima degani? O‘zini huquq faoli deb ataydiganlar kimlar? Mamlakatga kirib, huquq va qonun ustuvorligini targ‘ib qilishni xohlagan tashkilotlar kimlar bilan ishlashi mumkin?
Toshkentda Xalqaro Mehnat Tashkilotining treningi paytida bir guruh aktivistlar bilan shu haqda gaplashdik. Bugungi vaziyat ular nazarida qanday? Oldingidek tazyiqlar va bosimlar hali ham bormi? Etti faol fikri.
Malohat Eshonqulova huquq himoyachisiga aylanishidan oldin O'zbekistom Milliy Teleradiokompaniyasida yetakchi jurnalistlardan biri edi. 2011-yildan beri mahalliy va xalqaro tashkilotlar bilan ishlab keladi.
Your browser doesn’t support HTML5
A'zam Farmonov - sobiq siyosiy mahbus. Sirdaryolik huquq faoli 2006-yilda tovlamachilikda ayblanib, qariyb 10 yilga qamalgangan. Muddati bitishi arafasida jazo yana besh yilga uzaytirilgan. Bir yilcha oldin ozod etildi. Huquq himoyachisi sifatida faoliyatini davom etttirmoqda. Nega?
Your browser doesn’t support HTML5
Yelena Urlayeva - taniqli huquq himoyachisi. O'zbekistonda inson huquqlari himoyachilari deganda kimni tasavvur qilasiz? Uzoq yillar davomida bosim va tazyiq ostida faoliyat olib borgan bu guruh bugun qay ahvolda? Islohotlar nimani o'zgartirdi? Aktivistlar bugun nimalar bilan band?
Your browser doesn’t support HTML5
Muhabbat Madraimova, Xorazm viloyatidan Toshkentga kelib treningdan o'tayotgan fermer va huquq himoyachisi, deydiki, uning hududida bu yili qurg'oqchilik va sug'orish bilan bog'liq muammolar tufayli hosil past bo'lishi aniq. Hukumat quvvatlamoqda, deydi paxtakor, lekin dalada ishlar chatoq.
Your browser doesn’t support HTML5
Zohidjon Zokirov, namanganlik huquq himoyachisi, fikricha, hozir ayniqsa umidsizlikka berilmaydigan payt. O'tgan ikki yil mobaynida sezilarli o'zgarishlar bo'ldi, deydi faol, masalan, faollarga endi xalq dushmani sifatida qarashmayapti. Hukumat huquq himoyachilari bilan muloqot boshlagan. Xo'sh?
Your browser doesn’t support HTML5
O'ktam Pardayev, jizzaxlik huquq himoyachisi, bu faoliyati tufayli bir emas, bir necha bor qamoqqa olingan, hatto sudlangan. Uzoq yillar davomida bosim-tazyiqlar ostida ishlagan faol bugungi vaziyatni ijobiy baholab, hozir hamma qattiq ishlaydigan payt, deydi. Pardayev bilan Toshkentda gaplashdik.
Your browser doesn’t support HTML5
Hayitboy Yoqubov, Xorazmda "Najot" nomli tashkilotini yuritadigan huquq himoyachisi, "Amerika Ovozi" bilan gaplashar ekan, O'zbekistondagi bugungi vaziyatni, xususan u kabi faollarga nisbatan munosabatni ijobiy baholaydi. Hukumat bilan muloqot boshlangan. Lekin "Najot" hali registratsiya qilinmagan.
Your browser doesn’t support HTML5