O'zbekistonda hatto davlat organlari, xususan vazirliklar va banklar ham OAVga ularni maqtashi uchun pul taklif qiladi. Bu ham yetmagandek, bizneslar va idoralar reklama evaziga mediaga ularni tanqid qilmaslik talabini qo'yadi. Jurnalistman deganlar matbuot xizmatlarida ham ishlaydi, blogerlik ham qiladi, partiya faollari va hatto deputatlar. Puldorlar jurnalist va blogerlardan "hujumchi" sifatida foydalanadi. Boshqa sohalar singari O'zbekistonda media ham manfaatlar to'qnashuviga to'la. Bu sektor ham shaffof emas, unda ham qonun ustuvor emas. Farg'onada yillik media forumda ko'tarilgan mavzular - O'zbekiston axborot makonidagi tub muammolar. Davlat matbuoti targ'ibot vositalari ekan, xolis informatsiya qaydan keladi? Yechim bosh qomusda: uni o'zgartirishda emas, unga amal qilishda. Toshkentda jurnalistlar Karim Bahriyev, Navbahor Imamova va Anora Sodiqova davra suhbati.
O'zbekiston axborot makoni: korrupsiya, sistematik muammolar
Your browser doesn’t support HTML5
O'zbekistonda media ham manfaatlar to'qnashuviga to'la. Bu sektor ham shaffof emas, unda ham qonun ustuvor emas. Farg'onada yillik media forumda ko'tarilgan mavzular - O'zbekiston axborot makonidagi tub muammolar. Toshkentda Karim Bahriyev, Navbahor Imamova va Anora Sodiqova davra suhbati.