25-oktabr kuni Bishkekda Jokorku Kenesh, Qirg'iziston parlamenti, "xorijiy agent" haqidagi taklifni ma'qulladi. Prezident Sadir Japarov imzosi bilan u kuchga kiradi.
Xorijdan moliya olib ishlaydigan tashkilotlar va ularning xodimlarini chet el vakillari deya tamg'alash tashabbusi respublikada anchadan beri muhokamada edi, biroq ko'p marta parlamentning tegishli qo'mitasidayoq rad etilgan.
Biroq bugungi Bishkek boshqacha, deydi tahlilchilar, hukumat G'arb ta'sirini cheklashga bel bog'lagan. Nohukumat tashkilotlarni esa asosan AQSh va Yevropa Ittifoqi quvvatlaydi.
"Xorijiy agent" taklifi bugun qonunchilar tomonidan hech qanday bahs-munozarasiz qabul qilindi, deya ma'lum qiladi Spiker Nurland Shakiyev idorasi.
90 o'rinli parlamentda 57 deputat 'ha", 7 nafari esa "yo'q" deb ovoz bergan.
Buni ham ko'ring Qirg’iz norozilik namoyishi -- Kyrgyz protest in Washington (1)"Butun Qirg'iziston" fraksiyasidan deputat Gulya Kojokulova qarshi ovoz berganlardan. Uning aytishicha, fuqaro jamiyati endi keskin tahdid ostida qoladi, chunki notijoiriy tashkilotlarda faollik ko'rsatish ham jinoyat deb qaralishi mumkin.
Taklif chuqur o'rganilmadi, mutaxassilar elagidan o'tkazilmadi, deydi deputat.
Spiker Shakiyev esa bu masalani o'nlab xalqaro tashkilotlar bilan muhokama qilganini aytib, maqsad oshkoralikni ta'minlash, deydi.
"Hech kimga taqiq qo'yilmaydi, bosim bo'lmaydi, yagona talab - mas'uliyatli bo'lish. Qo'rqmaslik kerak. Davlatimiz xavfsizligi birinchi o'rinda", - deydi spiker.
O'nlab deputatlar tomonidan may oyida tanishtirilgan loyiha Rossiyada yillar oldin kuchga kirgan qonunga o'xshaydi, ya'ni xorijdan pul olayotgan tashkilot yoki shaxs alohida kategoriyada va maxsus tekshiruv ostida bo'lishi shart.
Tamg'alanish tashkilot va shaxslardan qo'shimcha hisobotlar talab qiladi, huquq tartibot organlariga ularni surishtirsh, savolga tutish vakolatini beradi.
Buni ham ko'ring Vashingtonda qirg'izlar namoyish qildiAyniqsa agar tashkilot siyosiy taraqqiyot va boshqaruvni yaxshilash, demokratiya targ'iboti va huquq himoyasi kabi yo'nalishlarda ishlasa, faoliyati kutilmagan tarzda ham tekshirilishi ehtimoli yuqori, degan xavotir kuchli.
Bu qonunni buzganlar 50-100 ming so'm orasida jarimaga tortilishi yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Agar xorijdan moliya olayotgan mutaxassis "inson sha'ni va huquqlarini buzganlikda" aybdor deb topilsa, 10 yilgacha qamalishi mumkin.
Tashabbus boshchisi Nodira Narmatovaga ko'ra, qonun so'z erkinligi va demokratiyaga zid harakat emas va fuqaro jamiyatiga tahdid solmaydi. Davlat xavfsizroq bo'ladi, deydi u.