Xitoy hukumati uyg'ur faollarini terrorizmda ayblab, qamamoqda

Xitoyning uyg’urlar yashovchi Shinjon muxtor viloyatida operatsiya o’tkazilib, bir necha uyg’ur faoli hibsga olingan.

Xitoy hukumati ularni terror tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilmoqda.

Rasmiylar fikricha, uyg’urlar Pekindagi Yozgi Olimpiya o’yinlari davomida xurujlar rejalagan.

Ammo xalqaro tashkilotlar Xitoy hukumatini terrorga qarshi kurash bahonasida uyg’urlar ozodlik harakatini bostirishga urinayotganlikda ayblaydi.

Amerika Ovozi Uyg’ur-Amerika Uyushmasi vakili, turkshunos Qahhor Barot bilan shu haqda suhbatlashdi.