BMT: Afg'onistonda xotin-qizlar hamon zulm ostida

  • Amerika Ovozi

BMT: Afg'onistonda xotin-qizlar hamon zulm ostida

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg'oniston hukumatini ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qonun ijrosini nazorat etishga chaqirmoqda.

BMTning Afg'onistondagi idorasi chop etgan hisobotda aytilishicha, mamlakatda ayollarga qarshi zulm hollarining atigi 26 foizi tergov qilingan. Shunda ham sud hay'ati tergov ishlarining to'rt foizini yuqorida tilga olingan qonun asosida ko'rgan.

Hujjat 2009-yilda qabul qilingan bo'lib, ayollarga qarshi 20 ga yaqin zulm hollarini, jumladan balog'at yoshiga yetmagan ayollarga uylanish, majburiy nikoh, ayol kishini o'zini yoqishga majburlash, jinsiy zo'rlash va do'pposlashni jinoyat deb belgilaydi.

BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Navi Pillayning aytishicha, qonun afg'on ayollarini to'liq himoya qilishiga bor hali.

Hisobotda aytilishicha, zo'ravonlik hollarining aksariyati boshqa normativlar, jumladan shariat asosida ko'rilgan, ba'zi hollarda ayb ayollarning o'ziga qo'yilgan.