NATOning bildirishicha, bugun xalqaro koalitsiya va afg’on kuchlari Qunduz viloyatida O’zbekiston Islomiy Harakatining yetakchi a’zosi, portlovchi moddalar tayyorlash bo’yicha bosh mutaxassisi va uning hamkorini qo’lga olgan.
Harakat Afg'oniston shimoli va sharqida ancha faollashgani aytiladi. Lekin ko'plab tahlilchilar nazarida bu tashkilot tarqoqlashgan va hozirda mayda guruhlarga bo'linib ketgan.
Afg’onistonning Panjshir viloyatida esa jangarilar NATOning ikki askarini otib o’ldirgan. Yana bir harbiy qattiq yaralangan.
Tolibon militsiya kiyimida xuruj qilgan, deydi Panjshir ichki ishlar boshqarmasi rahbari general Qosim Jangalbog’. NATO zobitlari ham bu jangarini o’ldirgan, deydi u.
Bu singari holat may oyi oxirida ham kuzatilgan va o’shanda Avstraliya harbiysi nobud bo’lgan edi.
Afg’oniston sharqidagi hujumlarda NATO xizmatchisi va bir mahalliy xodim halok bo’lgan.