Afg’onistonda mahalliy kuchlar xavfsizlikni ta'minlay oladimi?

  • Amerika Ovozi

Ayrim hokimlar xalqaro koalitsiya ketayotganidan afsusda va politsiya soni oshmasa, toliblar yana bosadi, deydi

AQSh yetakchiligidagi xalqaro kuchlar Afg’onistonni asta-sekin tark eta boshladi.

Lekin toliblar faollashib, aholi orasida mahalliy zobitlarga ishonch past.

Hozirgacha Bomiyon, Balx, Hirot, Hilmand, Lag’mon kabi hududlar ichki ishlar kuchlari zimmasiga o’tdi.

Tez kunda Kobul ham mahalliy armiyaga topshiriladi.

Ayrim viloyat hokimlari bu o’zgarishdan xavotirda va politsiya soni oshmasa, shimoliy viloyatlarni jangarilar bosishi mumkin deb hisoblaydi.

Prezident Hamid Karzay ma’muriyati Tolibon bilan murosa qilish harakatida. Buning uchun maxsus kengash ham tuzilgan.

Lekin tahlilchilar nazarida Tolibondan javob yo’q va sa’y-harakatlar samara bermayapti.

“Amerika Ovozi” mahalliy “Oyna” televideniyesining Kobuldagi jurnalisti Nur Ahmad Yurtdosh bilan suhbatda bo’ldi. Marhamat tinglang.