Qohirada xorijiy jurnalistlarga xurujlar

  • Amerika Ovozi

Misrdagi g'alayonlarni yoritayotgan xorijiy jurnalistlar hukumat tarafdorlari tomonidan nishonga olinib, do'pposlangan, asboblari tortib olingan, qo'rqitilgan.

Misrdagi g'alayonlarni yoritayotgan xorijiy jurnalistlar hukumat tarafdorlari tomonidan nishonga olinib, do'pposlangan, asboblari tortib olingan, qo'rqitilgan. Gap o'nlab muxbirlar taqdiri ustida ketmoqda.

Amerikaning nufuzli gazetalari "Nyu-York Tayms", "Vashington Post" va Qatarda asoslangan telekanal "Al-Jazira" xodimlariga hujum qilingan. Jurnalistlar hibsga olingan va keyinchalik qo'yib yuborilgan.

Shuningdek BBC, ABC News, CNN va Swiss TV singari xalqaro axborot vositalarining Qohiradagi muxbirlari zo'ravonlikka uchragani ma'lum.

3 fevral kuni Misr poytaxtida 30 faol qamoqqa olingan. Politsiya ularni to'qnashuvlar ortida turganlikda ayblamoqda.

Kechadan beri Qohirada prezident Husni Muborak ishdan ketishini talab qilayotgan namoyishchilar va 30 yillik rahbarga sodiq ekanini aytayotgan fuqarolar orasida to'qnashuvlar avj olgan.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton hujumlarni keskin tanqid qilib, Misr hukumatini huquq faollari, namoyishchilar, chet elliklar, diplomatlar va jurnalistlar xavfsizligini ta'minlashga chaqirmoqda.

http://www.youtube.com/embed/q-wzYYg89S8