Qirg’iziston Oliy Sudi taniqli jurnalist, “Amerika Ovozi” O’zbek xizmati muxbiri Alisher Soipovning o’limiga doir ishni qayta ochishga va yangi tergov boshlashga buyruq bergan.
Avvalgi hukmda Soipovni qoradori savdogari Abdufarit Rasulov otib o’ldirgani ta’kidlangan va javobgar 20 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Biroq Oliy Sud so’zlovchisi Baktibek Risaliyev so’zlariga ko’ra, qotillik sodir etilgan paytda Rasulov butunlay boshqa yerda bo’lgan va haqiqiy jinoyatchilar hamon erkinlikda yuribdi.
Sud ishi O’sh shahri mahkamasiga qayta oshirilmoqda. Jurnalist nafaqat Qirg'iziston, balki O'zbekistondagi siyosiy, ijtimoiy, madaniyat va iqtisodiy hayotni yoritgan.
Alisher Soipov 26 yoshida, 2007-yilning 24-oktabrida O’shda otib ketilgan edi.