Dunya Miyatovich: Qirg'izistonda matbuot erkinligi hurmat qilinsin

  • Amerika Ovozi

Dunya Miyatovich, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili

Xalqaro tashkilotlar bir paytlar “demokratiya orolchasi” deb atagan Qirg’izistonda axborot vositalari siyosiy bosim ostida.

Ayniqsa, o’tgan yili janubdagi etnik nizolardan so’ng matbuot va ularning xodimlariga nisbatan tazyiq oshgani kuzatiladi.

Parlament a'zolari orasida ayrim axborot manbalarini tahdid deb hisoblaydiganlar ko'p.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich yaqinda Bishkekka qilgan rasmiy tashrifi davomida Qirg’iziston prezidenti Roza Otunbayeva bilan uchrashib, bu boradagi muammolarni muhokama qilgan edi.

Miyatovich kuzda o'tishi kutilayotgan prezident saylovlari oldidan Jamoat televideniyesining kuzatuv kengashini tarqatib yubormaslikni so’ragan.

Kengash va teleradiokorporatsiya deputatlar elagidan o’tar ekan, prezident Otunbayevaning aytishicha, jamoat televideniyesi parlament xarxashasini ko’tarish uchun tuzilmagan.

"Matbuot erkinligini himoya qilish uchun barcha kuchimni ishga solaman", - deydi davlat rahbari.

Janubiy Qirg’izistondagi jamoatchi hamkorimiz Ulug’bek Sokin o’shlik mutaxassislar bilan shu mavzuda suhbatlashdi. Marhamat, tinglang.