Amerika saylovlarida tashqi siyosat eng muhim o’rinda turmaydi, lekin bu safar har qachongidan ham yuqori darajaga ko’tarilgan.
Prezident Barak Obama va uning respublikachi raqibi Mitt Romni orasidagi oxirgi debat tashqi siyosatga qaratildi. Florida shtatida kechgan bu bahsda AQShning Eron, Isroil va arab davlatlariga nisbatan siyosati muhokama qilindi. Obama va Romni, shuningdek, Xitoy bilan mavjud murakkab hamkorlik ustida ham olishdi.
Obama, bir muddatni o’tab qo’ygan prezident, fikricha Mitt Romni xalqaro hayotdan uncha xabari yo’q, tajribasiz arbob, AQSh yuzlashayotgan tahdidlarni tushunmaydi.
Obama: “Janob gubernator, mana hozir al-Qoida katta xavf deyapsiz, lekin bir necha oy oldin Amerika oldidagi eng yirik geo-siyosiy tahdid bu Rossiya deb bong urayotgan edingiz”,- deydi Obama.
Romni: “Janon prezident, menga ta’na toshlari otmay Yaqin Sharqdagi qonli voqealarga ko’proq e’tibor bersangiz, rolimizni oshirsangiz bo’lar edi. Terrorizm, zo’ravonlik, buzg’unchilik hollariga guvohmiz”.
Har ikki arbob nazarida Eron atom quroliga ega bo’lmasligi kerak. Bunga aslo yo’l qo’yilmadi, deydi Obama va Romni.
Amaldagi prezident Eron qattiq bosim ostida, deydi.
“Men AQSh rahbari ekanman, Eron yadroviy kuchga ega bo’lmaydi. Buni Oq uyga saylanishim bilanoq qayd etganman. Eronga qarshi eng kuchli koalitsiya tuzdik va misli ko’rilmagan darajada sanksiyalar qo’ydik. Hozir bu davlatning iqtisodi juda zaiflashgan”.
Mitt Romni fikricha ham sanksiyalar ish bermoqda, Eron siquvda.
“Men bu borada prezident bilan hamfikrman va prezidentlikka saylansam, aytmoqchimanki, saylanganimda, biz Isroil bilan yonma-yon turamiz. Agar Isroilga hujum qilinsa, himoya qilamiz, faqat diplomatik va madaniy jihatdan emas, balki harbiy jihatdan uni quvvatlaymiz”.
Suriyadagi vaziyatga nisbatan qanday chora ko’rish kerak, AQSh harbiy aralashuvi zarurmi degan savolga Obama va Romni birdek yo’q deb javob berdi.
Obama: “Suriyaga qo’shin kiritish juda jiddiy harakat bo’ladi va zarur emas”.
Romni: “Harbiy aralashuv to’g’ri qaror bo’lmaydi. Biz bu mojaroga bosh suqmasligimiz kerak”.
Xitoy bilan hamkorlikka kelganda esa tomonlar bir-birini bu davlatning moliyaviy nayranglariga uchib, uni qoralashga haddi sig’mayotganlikda ayblab tanqid qildi.
Obama: “Xitoy - raqibimiz. Shu bilan birga hamkorimiz hamdir. Lekin bu davlat xalqaro me’yorlarni buzmoqda”.
Romni: “Prezidentlikka saylanishim bilanoq Xitoyni “valyuta manipulyatori” deb e’lon qilaman. Bu moliyaviy jazo degani”.
Obama ham, Romni ham tashqi siyosat kuchini iqtisodiy qudratda ko’radi: Amerika har jihatdan birinchi bo’lishi kerak.
Obama: "Biz hozirga kelib ancha progressga erishdik. Biz eski siyosatga qaytmasligimiz kerak, chunki ular sabab inqirozga uchradik. Orqaga emas, faqat oldinga qadam tashlashimiz lozim”.
Romni: “Biz ham aynan shu fikrdamiz. To’rt yil oldingi siyosatga qaytaylik demayapman, ammo 23 million amerikalik ishsiz o’tiribdi. Ular uchun imkoniyat yaratishimiz kerak”.
Obama va Romni Afg’oniston kelajagi xususida ham bir pozitsiyada: qo’shinlar 2014-yilda chiqadi va afg’on xalqi taqdiri uning o’z qo’lida.

Your browser doesn’t support HTML5