8-mart odatda nafosat va go’zallik bayrami sifatida nishonlanadi. Aslida esa u siyosiy-ijtimoiy ayyom. Xotin-qizlar jamiyatda erkaklar bilan teng huquq va imkoniyatlarga ega bo’lsin, iqtisodiy va siyosiy erkinliklar berilsin, degan talab yotadi bu kun zaminida. Bilim olish, mehnat qilish, ovoz berish va ijtimoiy himoya – 20-asr boshida dunyo bo’ylab ayollar ko’chaga chiqib, shularni talab qilgan. Ayol o’z taqdirini o’z belgilasin, degan bu faollar.
Oradan bir asr o’tdi. Bugun xotin-qizlar dunyoning har bir jamiyatida olg’a siljigan, hatto ular hamon ezilib yashayotgan Afg’oniston va Sudanda ham. Siyosatchi ayollar ko’p. Biznes liderlar, yetuk mutaxassislar, zamonning oldi bo’lgan shaxslar.
Lekin bir asr oldin qo’yilgan talablar ko’p jihatdan o’z ahamiyatini yo’qotmagan, chunki zamon ayollarga nisbatan hamon shafqatsiz.
Iqtisodiy-ijtimoiy muammolar avvalo onalarga og’ir tushadi, deydi O’zbekistondan huquq himoyachisi Gulshan Qorayeva, chunki bola boqish, tarbiya, ro’zg’or ularning bo’ynida. Viloyatlarda gaz va elektr toki ta’minoti talabga javob bermasligi turmushni juda qiyinlashtirgan.
“Og’ir bir qishdan chiqdik. Oddiy bir gigiyenaga rioya qilish juda mushkul bo’lib qoldi bizda. O’zimning oilamda masalan bolalarni yuvintirib olish problema bo’ldi. Ikki haftada bir yuvinishga to’g’ri kelib qoldi… Ayol kishi baribir o’ziga qarashi kerak. Bolalarni vaqtida cho’miltirmasangiz bitlab ketadi, bu ham katta muammo”.
Gigiyenadan tortib, ovqat pishirish va choy qaynatishgacha, kundalik hayot og’ir, deydi faol. Hovlida yashasangiz, o’tin bo’lsa, o’choqda qilasiz, lekin kvartirada qanday kun kechirasiz? Gaz va svetsiz qayga borsin odamlar?
“Sharoit umuman yo’q domlarda. Gaz ballon ishlatish mumkin emas deb yozib qo’yishibdi. Kecha mana svet bo’lmadi. Menda gaz ballon bor, hovlida turaman. Svet yo’q ekan, qo’shni uylardan odamlar choynak ko’tarib, choy qaynatib ber deb kelishdi. Gaz yo’q, svet ham yo’q. Shunday holatlar yuzaga keldi”.
Tok va gaz yetishmaganidan qiynalgan aholi bu zaruratlar uchun to’lovlarni ham vaqtida to’lay olmaydi. Hukumatdan qarzdorlar juda ko’p, deya kuzatadi Gulshan Qorayeva. Uning uch farzandi bor, ulardan biri to’shakka mixlanib qolgan. Ijtimoiy yordam oladi. Bu bilan yashash qiyin, deydi ayol, oilaning o’rtacha oylik daromadi 1 million so’m atrofida bo’lmasa, to’q yashay olmaysiz hozir.
“50-60 ming pul beradi. Nima ham beradi unga? Qarshida bir kilo go’sht 21-22 ming so’mga chiqdi”,- deydi Gulshan Qorayeva.
O’zbekiston ayollari orasida oliy ma’lumotli, kasb-hunarli, o’zini o’zi boqa oladigan, mustaqil fikrlaydiganlar juda ko’p. Muammodan nolish oson lekin ayollarning o’zi bugungi dolzard masalalarni qanchalik ko’tarib chiqmoqda?
Siyosiy, iqtisod va ijtimoiy masalalarga yechim izlashda ayollar u qadar faol emas, deydi suhbatdoshimiz, lekin boshqa omil ham bor: odamlar haq va burchini bilsa ham tizimga ishonmaydi, harakati samara berishiga, o’zgarish qila olishiga ishonmaydi.
“Haqqingizni talab qilish uchun metindan nerv kerak. Qarshilik va bosimga chidaydigan. Ko’pchilik talab qilishning foydasi yo’q deydi. Seni eshitadigan odam qolmadi deydi. Yozasan, xatni oladi, u yoqdan bu yoqqa yuboradi… Lekin samara yo’q. Muammo yechilishini o’z bo’yniga oladigan biror inson yo’q”.
Gulshan Qorayeva 37 yoshda, ziyolilar oilasida katta bo’lgan. Akusherlik yo’nalishida o’rta-maxsus bilim yurtini bitirgan. Bolalarining kelajagini o’ylaganida, ularni o’qitish, ayniqsa oliy ma’lumotli qilish bugun juda qiyin ekanini aytadi. O’qish uchun katta miqdorda pul kerak, kontrakt bilan kirsa ham uni qanday to’laymiz, deya o’ylanadi u. Bu millionlab oilalarni qiynayotgan masala.
Gulshan Qorayeva nazarida zamonga xos illatlardan biri ahloqiy normalar buzilganidir. Maktablarda o’smir qizlar homilador bo’lib qolayotgani; ota-onasi uzoq yurtlarda, masalan Rossiyada ishlab yurgan qizlarning qarindoshlari tomonidan zo’rlanayotgani; internet kafelarda yoshlar bemalol pornografik videolar ko’rib o’tirishi, O’zbekistonda bunday mahsulotlarga qiziqish ortib borayotgani bu o’zbek ayolini bag’oyat tashvishga soladi.
Har bir ona bunday hollardan dahshatga tushadi, farzandlar katta bo’lgani sari xavotir kuchayar ekan, deydi Gulshan Qorayeva.
“Ona bo’lgunimcha, men ham tushunmas edim. Onaning bo’yniga juda katta mas’uliyat yuklangan. Ro’zg’ordan tortib, butunlay hamma narsa. Dunyoning tashvishi ayolda. Tashvishni yengish uchun sog’ bo’lishi kerak ona. Shuning uchun hammaga sihat-salomatlik tilayman. Baxt-saodat… G’am ko’rmasin. O’zbek ayoli – ko’klarga ko’tarsa arziydigan xalqning ayoli. Har narsaga chidaydi. Chidamli ayol, chidamli ona, bardoshi har narsaga yetadi. Uncha-muncha xalqning ayoli o’zbek ayolidek bardoshli bo’lmasa kerak”.

Your browser doesn’t support HTML5