Jurnalist Abdumalik Boboyev chet elga chiqishi mumkin

  • Amerika Ovozi

Abdumalik Boboyev Malik Mansur taxallusi bilan tanilgan

"Amerika Ovozi" O’zbek xizmatining Toshkentdagi jamoatchi muxbiri, jurnalist Abdumalik Boboyevga mamlakatdan chiqish uchun ruxsat berildi.

Malik Mansur taxallusi bilan tanilgan jurnalist xorijiy tashkilotlar homiyligida malaka oshirish maqsadida Yevropaga safar qilmoqchi, buning uchun Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi viza va registratsiya idorasi (OVIR) ga murojaat qilgan edi.

Boboyev o'tgan yili sudlangan. Hukumat uni tuhmat va haqorat, shuningdek o'z materiallarida jamoat xavfsizligiga raxna soluvchi ma'lumot tarqatganlikda ayblagan. Sud uni aybdor deb topib, jurnalistga 10 ming dollar atrofida jarima solgan.

Boboyev va "Amerika Ovozi" ayblovlarni asossiz deb hisoblab keladi.

Uzoq tekshiruv va qog'ozbozlikdan so'ng uning pasportiga zarur tamg'a bosib berilgan.

Jurnalist izohini tinglang: