Livan tashqi ishlar vaziri Isroil va “Hizbulloh”ning otashkesimga kelishishiga umid bildirdi. Germaniya vaziri esa uning mamlakati Falastin va Isroil yonma-yon tinchlikda yashashi uchun siyosiy yechim topishda davom etishini aytdi.
Michiganning Dirborn shahri arablar poytaxti nomini olgan. Qariyb 400 ming arab fuqarolar yashaydigan bu shahar musulmonlari AQShning G’azodagi urushga doir siyosatidan norozi.
Yuzlab odam jon berib, yuz minglab odam xavfsiz hududlardan panoh izlar ekan, Hizbulloh va uni dastaklab kelgan qatlam o’rtasidagi ishonch sinovdan o’tadi.
Isroilning G’azodagi urushi va Livanda “Hizbulloh” bilan to’qnashuvi BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasidan oldin uyushtirilgan “Kelajak sammiti”da diplomatlar va siyosatchilar tomonidan keng izohlandi.
"Hizbulloh" so’nggi bir necha kunda 16 ta yirik a’zosidan, jumladan Ibrohim Oqil ismli rahbari va Ahmad Vahbi ismli qo’mondonidan ayrildi.
Isroil 70 dan ortiq hujum uyushtirganini, “Hizbulloh” harakatining 1000 dan ortiq raketalari va 100 ga yaqin raketa uchiruvchi moslamalarini yo’q qilganini bildirmoqda.
Isroil matbuotiga ko’ra, yahudiy davlat ko’p sonli qo’shinlarini Livan chegarasiga ko’chirmoqda, yaqin kunlarda Livanga hujum boshlanishi taxmin qilinyapti.
Al-Javni maktabi urush boshidan beri bir necha bor Isroil hujumiga uchragan. BMT maktabda 12 ming odam jon saqlashini ma’lum qildi. Isroil XAMAS maktabda shtab tashkil etganini da'vo qiladi.
Britaniya vertolyotlar, qiruvchi samolyotlar va dronlar uchun zarur komponentlar eksportlarini to’xtatib qo’ydi. Biroq tahlilchilarga ko'ra, bu cheklovlar Isroil harbiy amaliyotlariga ta’sir qilmaydi.
Gap harakatning yangi rahbari Yahyo Sinvar, sobiq rahbarlari Ismoil Haniya va Xolid Mash’al, harakat harbiy qanotining qo’mondoni Muhammad Dayf, uning muovini Marvan Iso va yana bir yetakchisi Ali Baraka haqida ketmoqda.
G’azoga vaksinaning 1,2 millionta dozasi yetkazilgan, yana 400 mingta doza yo’lda. JSST sektorda 10 yoshgacha bo’lgan 640 mingga yaqin bolani emlashi kutilmoqda.
Amerikalik arablar va musulmonlar hamda progressiv va yosh demokratlar Oq uydan Isroilga qurol uzatishni bas qilishni talab qilmoqda.
Ko'proq...