Amerikalik arablar va musulmonlar hamda progressiv va yosh demokratlar Oq uydan Isroilga qurol uzatishni bas qilishni talab qilmoqda.
Poliomiyelit yuqumli, asosan bolalar orasida xavfli, oyoqlarni falaj qilishi, hatto o'lim bilan yakun topishi mumkin.
“Kelishuvsiz har bir kun ikkita narsaga yetaklaydi. Birinchisi, garovdagilar o’lib boradi. Ikkinchisi, bunga qarshi qaratilgan harakatlar vaziyatni yanada qiyinlashtiradi, hatto imkonsiz qiladi”, - dedi Blinken.
Bu Blinkenning Isroilga o’tgan yil oktabridan beri 10-safari. AQSh Isroil va XAMAS takliflarini birlashtirib, Qohirada Blinken ularni taraflarga taqdim etishi kutilmoqda.
Kuzatuvchilar otashkesimga kelishilsa, Eron Isroilga hujum qilish rejasidan voz kechadi deya taxmin qilmoqda.
“Muloqotlar har safar yangi narsalarni muhokama qilishga emas, balki kelishuv ijrosi mexanizmi va aniq muhlat belgilashga qaratilishi kerak”, - deydi XAMAS vakili Osama Hamdan.
Ayrim kuzatuvchilarga ko’ra, Abbos Turkiyaning mojaroni hal qilishda samarali rol o’ynashiga ishonmay qo’ygan. Otashkesim bo’yicha muzokaralarni AQSh, Misr va Qatar olib bormoqda.
AQSh Prezidenti Jo Bayden nazarida ham agar G’azoda otashkesim kuchga kirsa, Eron Isroilga hujum qilmasligi mumkin.
61 yashar Sinvar G’azoning Xon-Yunus shahridagi qochqinlar lagerida tug’ilgan, 2017-yilda XAMASning G’azodagi rahbari etib tayinlangan, Isroilning shafqatsiz dushmani sifatida tanilgan.
AQShning “Politico” nashri Eron Isroilga o’rta masofali va qanotli raketalar bilan hujum qilishini taxmin qilmoqda. Livan, Suriya va Iroqda Eronga ittifoqchi guruhlar ham zarba berishi mumkinligi ham aytilmoqda.
Ayrim kuzatuvchilar Eron dushanba kuni, ba’zilar esa oy o’rtasida hujum boshlashini taxmin qilmoqda, yana kimdir Isroil Eron hujum boshlashini kutmasdan birinchi bo’lib musht ko’tarishini bashorat qilyapti.
“USS Abraham Lincoln” aviatashuvchisi ballistik raketalarni urib tushirishga qodir dengiz kreyserlari va esmineslari bilan birga Yaqin Sharqqa yuboriladi.
Ko'proq...