“USS Abraham Lincoln” aviatashuvchisi ballistik raketalarni urib tushirishga qodir dengiz kreyserlari va esmineslari bilan birga Yaqin Sharqqa yuboriladi.
Eronning BMTdagi elchisi Xavfsizlik Kengashini Isroilni qoralashga va sanksiyalar bilan jazolashga da’vat etdi, uning mamlakati Isroil hujumiga qat’iy javob berish huquqiga ega ekanini aytdi.
XAMAS vakillari Haniyaning o’limi harakat ruhiyatini tushirmasligini, maqsadlaridan qaytarmasligini aytadi.
Saylovdan chiqishga qaror qilgan Baydenda Isroil siyosatini o’zgartirish uchun yarim yil qolgani aytilmoqda.
Falastin tashqi ishlar vaziri yordamchisi Umar Avadalla Netanyaxu nutqini safsata va yolg’on, Falastin kelajagiga mafkuraviy dushman bo’lgan Kongress a'zolari tomonidan sahnalashtirilgan komediya deb atadi.
Samolyotga chiqish arafasida Netanyaxu Isroil AQShda hokimiyatga kim kelishidan qat’i nazar, Isroil AQShning Yaqin Sharqdagi eng yaqin ittifoqchisi bo’lib qolishiga to’xtaldi.
Iskala 20 kun ishladi, xolos. Pentagon vakili shu vaqt mobaynida sektorga 10 ming tonnaga yaqin yuk yetkazilganini ma’lum qildi.
“G’azoni boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash, insonlarga vayron bo’lgan hayotlarini qayta qurish uchun aniq, izchil, erishish mumkin bo’lgan reja bo’lishi kerak”, - dedi Blinken.
Blinken Vashingtonga borgan Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan uchrashuv chog’ida G’azoda urush tugashi bilan Isroil sektorni qanday boshqarishi haqida reja taqdim etishi kerakligini aytdi.
“Kelishuv bizning shartimiz asosida bo’ladi va bizning hozircha urushni tugatish, G’azodan ketish, XAMASni hokimiyatda qoldirish niyatimiz yo’q. Uni yakson qilamiz”, - deydi Netanyaxu.
Saylovdagi mag’lubiyati ketidan Erdog’an Isroil bilan savdoni to’xtatdi, biroq Turkiyaning eng yaqin ittifoqchisi Ozarbayjon bunday qilgani yo’q.
Isroil mudofaa kuchlari dam olish kunlari XAMAS infratuzilmasiga tegishli joyda reyd o’tkazib, ko’p miqdorda qurol qo’lga kiritilganini bildirdi.
Ko'proq...