Tramp aytayotgan tariflar eksportlarga tobe iqtisodiyotlarga ziyon keltirishi, shu bilan birga, kattaroq AQSh-Xitoy savdo urushi imkoniyatlar yaratishi ham mumkin.
Donald Tramp 30 yildan ziyod immigratsiya nazoratiga xizmat qilgan Tom Xomanni chegara nazoratiga mas’ul rasmiy sifatida tanlagan. Xomanning aytishicha, Tramp chegara xavfsizligi bo’yicha va’dasini bajargan yagona prezident.
Nyu-Meksiko shtati bedarak yo'qolganlarni topishga yordam beruvchi dasturni yo’lga qo’ydi. Qidiruv bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun yordam puli ajratilmoqda.
AQShda prezidentlikka qaytayotgan Donald Tramp Yevropa xavfsizligi kafolatchisi rolini bajarishda davom etadimi, yo’q, ma’lum emas. Mavhumlik alyansdagi ittifoqchilarni xavotirga solmoqda.
Trampning saylov kampaniyasidagi asosiy va’dalaridan biri muhojirlarning AQShga noqonuniy kirishini qiyinlashtirish.
Donald Tramp prezidentligining ikkinchi muddatini boshlaganda, davlat xarajatlarini qisqartirishga mo‘ljallangan yangi tashkilot ham ish boshlashi kutilyapti.
Trampga bu yil qora tanli va ispanzabon saylovchilar, ayniqsa, 45 yoshdan kichik erkaklar 2020-yildagiga qaraganda ko‘proq ovoz bergan.
110 ming aholisining deyarli yarmi arab millatiga mansub bo'lgan Diyebornda Vitse-prezident Kamala Harris Trampdan 2500 dan kamroq ovoz oldi.
Saylovdan so’ng Kongressning har ikki palatasi endi respublikachilar nazoratida ekan, kamida ikki yil, ya’ni Kongressga keyingi saylovgacha Tramp siyosati va tashabbuslariga muxolif demokratlar to’siq qo’ya olmaydi.
Ko‘plab Navaxo oilalari hali ham ichimlik suvi va elektr energiyasiga ega emas. Qabila yashovchi hudud Arizona, Nyu-Meksiko va Yuta shtatlarining ayrim hududlarini, 70 ming kvadrat kilometr maydonni egallaydi.
Tulsi Gabbard Milliy razvedka rahbari, Mett Gets adliya vaziri, Marko Rubio davlat kotibi lavozimlariga ko'rsatildi. Tanqidchilar ba'zilarining tajribasi yo'qligiga ishora qilmoqda.
Donald Trampning ikkinchi bor prezident etib saylanishi iqlim o'zgarishiga qarshi amalda bo'lgan joriy siyosatga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ko'proq...