Isroilning G’azodagi urushi va Livanda “Hizbulloh” bilan to’qnashuvi BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasidan oldin uyushtirilgan “Kelajak sammiti”da diplomatlar va siyosatchilar tomonidan keng izohlandi.
Rossiya sobiq prezident Donald Trampga qilingan suiqasd urinishidan foydalanib, AQShdagi siyosiy bo‘linishlarni yanada kuchaytirishga urinmoqda.
"Hizbulloh" so’nggi bir necha kunda 16 ta yirik a’zosidan, jumladan Ibrohim Oqil ismli rahbari va Ahmad Vahbi ismli qo’mondonidan ayrildi.
Latviya Boltiqboʻyi mudofaa tizimining bir qismi sifatida Rossiya va Belarus chegarasida “ajdar tishlari” deb nomlangan beton to’siqlar o‘rnatyapti.
Rossiya 2024-yilgi BRIKS sammitiga mezbonlik qilishi oldidan Turkiyaning bu guruhga qo‘shilish arizasi ko‘rib chiqilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasining 79-yillik sessiyasida qatnashish uchun yakshanbadan boshlab Nyu-Yorkka dunyo rahbarlari qatnaydi. G’azo va Sudandagi vaziyat, Ukraina urushi delegatlar diqqat markazida bo’ladi.
Isroil 70 dan ortiq hujum uyushtirganini, “Hizbulloh” harakatining 1000 dan ortiq raketalari va 100 ga yaqin raketa uchiruvchi moslamalarini yo’q qilganini bildirmoqda.
Ularni “noqonuniy ishchilar” deb atashadi. Ular, odatda, oddiy ishlar niqobi ostida josuslik qilishadi.
AQSh Davlat departamenti ikki shaxs va uchta tashkilotga, jumladan, “RT”ning Moskvada joylashgan bosh kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Bayden ma’muriyati uning tariflari muayyan sanoatlarga qaratilganini, Tramp taklif etayotgan import soliqlari esa Amerikada o’rta sinf xonadoniga yiliga qo’shimcha 4000 dollarga tushishini ta’kidlaydi.
Isroil matbuotiga ko’ra, yahudiy davlat ko’p sonli qo’shinlarini Livan chegarasiga ko’chirmoqda, yaqin kunlarda Livanga hujum boshlanishi taxmin qilinyapti.
Chexiya hukumatiga ko’ra, Rossiya harbiy razvedkasining (GRU) 29155-bo‘linmasi 2014-yilda Chexiyadagi o‘q-dori omborida yuz bergan ikki portlashni amalga oshirgan.
Ko'proq...