BMTning yangi chaqirig'i ortidan Xitoy Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissari boshqarmasi bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.
“Katta Yigirmalik” tashkilotida raislik qilayotgan Braziliya dunyoning eng boy milliarderlariga kamida ikki foizlik soliq solish orqali 250 milliard dollar yig’ilishini bildirmoqda.
Livan tashqi ishlar vaziri Isroil va “Hizbulloh”ning otashkesimga kelishishiga umid bildirdi. Germaniya vaziri esa uning mamlakati Falastin va Isroil yonma-yon tinchlikda yashashi uchun siyosiy yechim topishda davom etishini aytdi.
Isroilning G’azodagi urushi va Livanda “Hizbulloh” bilan to’qnashuvi BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasidan oldin uyushtirilgan “Kelajak sammiti”da diplomatlar va siyosatchilar tomonidan keng izohlandi.
Rossiya sobiq prezident Donald Trampga qilingan suiqasd urinishidan foydalanib, AQShdagi siyosiy bo‘linishlarni yanada kuchaytirishga urinmoqda.
"Hizbulloh" so’nggi bir necha kunda 16 ta yirik a’zosidan, jumladan Ibrohim Oqil ismli rahbari va Ahmad Vahbi ismli qo’mondonidan ayrildi.
Latviya Boltiqboʻyi mudofaa tizimining bir qismi sifatida Rossiya va Belarus chegarasida “ajdar tishlari” deb nomlangan beton to’siqlar o‘rnatyapti.
Rossiya 2024-yilgi BRIKS sammitiga mezbonlik qilishi oldidan Turkiyaning bu guruhga qo‘shilish arizasi ko‘rib chiqilmoqda.
BMT Bosh Assambleyasining 79-yillik sessiyasida qatnashish uchun yakshanbadan boshlab Nyu-Yorkka dunyo rahbarlari qatnaydi. G’azo va Sudandagi vaziyat, Ukraina urushi delegatlar diqqat markazida bo’ladi.
Isroil 70 dan ortiq hujum uyushtirganini, “Hizbulloh” harakatining 1000 dan ortiq raketalari va 100 ga yaqin raketa uchiruvchi moslamalarini yo’q qilganini bildirmoqda.
Ularni “noqonuniy ishchilar” deb atashadi. Ular, odatda, oddiy ishlar niqobi ostida josuslik qilishadi.
AQSh Davlat departamenti ikki shaxs va uchta tashkilotga, jumladan, “RT”ning Moskvada joylashgan bosh kompaniyasiga qarshi sanksiyalar joriy qildi.
Ko'proq...