Ukrainaning bir qator sharqiy shaharlarida rossiyaparast kuchlarning namoyishlari bo’lib o’tdi. Ularning ayrimlarida namoyishchilar hatto hukumat binolarini egallab olgan. Yevropa ittifoqi bunday harakatlarning kutilmagan, lekin og’ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirmoqda.