O'zbekiston Milliy Axborot Agentligining bugungi rahbari Abdusaid Ko'chimov davlat matbuoti va teleradio tizimlarini uzoq yillardan beri boshqarib keladi. Faxriy jurnalist va adib. Agentlikning rasmiy hamkoriga aylanib borayotgan "Amerika Ovozi" bilan Ko'chimov Toshkentdagi idorasida yuzma-yuz suhbat qildi.
Qisqacha O'zA deya tanilgan organ qay ahvolda?
Bu asrlik tarixga ega tashkilotda o'zgarishlar davri boshlandimi? Islohot ostidami?
Mamlakatda jurnalistikaning hozirgi shartlari qanday?
Xorijiy axborot vositalari va jurnalistlarga O'zbekiston qanchalik ochiq?
Jurnalistlarning tirikchiligi qanday? Muxbirlik qilib kun ko'rish mumkinmi?
Matbuot hozir qanchalik erkin? Ichki senzura, cheklovlar?
Ko'chimov bilan keng qamrovli muloqotimizda yana boshqa ko'plab nozik va chigal masalalarga ham to'xtaldik.
Xalqqa sifatli ma'lumot kerak, deydi Ko'chimov. Uni to'plash, tahlil qilish va taqdim etish uchun kuchli jurnalistlar kerak.
Mamlakat axborot vositalari sermazmun va izchil materiallarga zor, deydi O'zA bosh direktori, jurnalistlar qo'rqmasdan ishlayverishi kerak.
Lekin hadiksirashga o'rgangan muxbirlar hamon erkin faoliyat yuritishga jur'at eta olmasa-chi? Ko'chimov deydiki, matbuotning bugun kuchli himoyachisi bor - davlat rahbari.
Prezident Shavkat Mirziyoyev o'tkir maqola, lavha va dasturlar davri keldi deb turganida, nima uchun jurnalistlar qo'l qo'vushtirib o'tirishi kerak, deydi Ko'chimov.
Uning fikricha, hozir mamlakat axborot vositalari xodimlari uchun sinov davri. Xalq ulardan dolzarb muammolarni professional ravishda yoritishni kutmoqda.
O'zAning o'zi bu ishni qanchalik eplayapti? Bu savolga javobni quyidagi suhbatdan olasiz.
Facebook Forum