Breaking News

Nyu-Yorkda uyg'urlar va qozoqlar Xitoyga qarshi namoyishlar qilib turibdi


Nyu-York: Xitoyga qarshi namoyish qilayotganlar kimlar?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:04 0:00

Nyu-Yorkda Xitoyga qarshi namoyishlar

Xitoydan chiqqan xalqlar va elatlar vakillari oktabr oyida Nyu-Yorkda qator norozilik namoyishlari o’tkazishdi. BMT binosi oldidagi chiqishlar, shahar ko’chalari bo’ylab avtorallilar “Xitoy aldayapti, dunyoda odamlar o’lyapti”, “Kommunistik partiya - yomon partiya”, “Jahon ahli uyg’oninglar!” degan shiorlar ostida o’tdi. Tashkilotchilar orasida Nyu-Yorkdagi uyg’urlar hamda qozog’istonlik faollar bor. Ular vatandagi qavmlari uchun qayg’urayotganini aytadi. Faollar Xitoy siyosatidan norozi va xavotirda. “Amerika Ovozi” ular bilan gaplashdi.

Yadigar Ganiyev, Sharqiy Turkistonning quvg’indagi hukumati a’zosi
Yadigar Ganiyev, Sharqiy Turkistonning quvg’indagi hukumati a’zosi

Yadigar Ganiyev, Sharqiy Turkistonning quvg’indagi hukumati a’zosi:

“70 yillik okupatsiya va uyg’ur xalqining genosidi ortidan butun dunyo nimalar yuz berayotganini ko’rdi va bunga qarshilik ko’rsatishni boshlamoqda. Bugun bizlar, Xitoy Xalq Respublikasida yashovchi xalqlar, aniqrog’i XXR tomonidan bosib olingan Tibet, Ichki Mongoliya, Sharqiy Turkiston xalqlari o’z mustaqilligimizni qaytarib olmoqchimiz. Biz Xitoy hukumatidan genosidga asoslangan, assimilyatsiyaga yo’naltirilgan siyosatini to’xtatishini talab qilyapmiz. Xitoy ekspansiyasi jahonni qamragan. U qo’rqinchli va bizning xalqlarimiz ayni vaqtda afsuski Xitoy siyosatining naqadar xatarli ekanligiga bir misoldir.

Men jahon xalqlarini Xitoy bilan hamkorlik qilishda e’tiborli va ogoh bo’lishlariga chorlayman. Bundan tashqari men barcha xalqlarni, jahondagi yetakchi kompaniyalarni, mamlakatlarni Xitoyga sarmoya kiritishni bas qilishlarini so’rayman. Chunki Xitoyga yotqizilgan barcha investitsiyalar Xitoy ekspansiyasiga yo’naltiriladi va turli mamlakatlar iqtisodiyotlarining Xitoy tomonidan zabt etilishiga olib keladi. Va ularni o’ziga bo’ysundirishga yetaklaydi. E’tiborli va ehtiyot bo’linglar”.

Gulnora, Nyu-Yorkdagi uyg’urlar jamiyati a’zosi
Gulnora, Nyu-Yorkdagi uyg’urlar jamiyati a’zosi

Gulnora, Nyu-Yorkdagi uyg’urlar jamiyati a’zosi:

“Mening hozirgi maqsadim - mening xalqimni ozod qilishsin! Bu xalq ko’p yillardirki iztirobda. Uning kelajagini tortib olishmoqda. Har qanday ayol va ona uchun bolaning iztirob chekishini ko’rish qo’rqinchlidir. Men bolalarning iztirob chekayotgani aks etilgan turli videolarni ko’ryapman, ya’ni ota-onalarini lagerlarga olib ketib, ularning yosh bolalarini [xitoyliklar] oilalarga topshirilishyapti yoki inson organlarini ko’chirish maqsadida olib ketishmoqda. Bunday bolalarning ko’zlariga tik qarab bo’lmaydi. Bu bolalar - ko’zlari keksalarning umidsizlikka cho’kkan ko’zlariga o’xshagan bolajonlar. Men bolalarimizga bolalik zavqini, xursandchiligini qaytarishlarini istayman. Men xalqimga erki qaytarilishini xohlayman. Bu Xolokostda yahudiylar ustidan o’tkazilgan zulmdan ham battar. Dunyo nihoyat uyg’onishi zarur va biz Xitoy hukumati ro’yxatidagi so’nggi xalq emasligimizni anglashi kerak. Agarda biz halok bo’lsak bizdan keyin boshqalar ham nobud bo’lishadi.

Qozog’iston,Qirgiziston, O’zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston bizga ishonmagan qo’shni davlatlar. Ular bizga ishonishmagandi. Hozir ularda ham o’xshash vaziyat yuz bermoqda va ular bizga quloq tutadigan bo’ldilar. Masalan avvallari o’zim qozoq dugonalarimga kechinmalarimizni aytib bersam bunday bo’lishi mumkin emas deb ishonishmasdi. Hozir ular bunday holat yuz berishi mumkinligini tushunib yetganlar. Nega? Chunki allaqachon ularning qavmlarini ham u yerda [Xitoyda] qirishyapti. Men dunyo ahliga shuni yetkazmoqchimanki biz ularning ro’yxatida so’nggi xalq emasmiz.Biz halok bo’ldikmi qolganlar ham nobud bo’lishi tayin”.

Gani Stambekov, “Erkin qozoqlar” harakati rahbari
Gani Stambekov, “Erkin qozoqlar” harakati rahbari

Gani Stambekov, “Erkin qozoqlar” harakati rahbari:

“15 ta turli tashkilotlar BMT bosh qarorgohi binosi oldida katta namoyish o’tkazishdi. U yerda tibetliklar, uyg’ur va qozoqlar, tayvanliklar, sharqiy mongoliyaliklar, gongongliklar va boshqa xalqlar tashkilotlari bor edi.Bizning maqsad jahon hamjamiyatini, Amerika mamlakatlarini, barcha demokratik mamlakatlarni Xitoy kommunistik partiyasiga qarshi birlashishlariga chaqirish edi. Chunki bu partiya Shaqiy Turkiston, Tibet, Janubiy Mongoliya va boshqa bostirib olgan mamlakatlarida mahalliy xalqlarqa qarshi qirg’inlarni amalga oshirmoqda. Xitoy kommunistik partiyasi fashistik bo’lib, u nafaqat Xitoy tarkibidagi, vaqtincha uning tarkibida bo’lgan, mamlakatlarga balki butun jahon mamlakatlariga tahdid sanaladi. Shuning uchun biz barcha mamlakatlarni Xitoydagi hukumatga, partiyaga qarshi birlashishga chorlayapmiz”.

Muhammad Emin, Nyu-Yorkdagi uyg’urlar jamiyati a’zosi
Muhammad Emin, Nyu-Yorkdagi uyg’urlar jamiyati a’zosi

Muhammad Emin, Nyu-Yorkdagi uyg’urlar jamiyati a’zosi:

“Mana bu akam… U tirikmi yoki o’lganligini bilmayman. 2013-yildan buyon oilam bilan ko’risholmayapman. Dunyo bizga yordam berishi kerak. Musulmondavlatlari ham bizga yordam berishi kerak… Xitoyni eplash kerak. Yer bizniki, u yerlarni Xitoy 1949- yili bosib olgan. Bu voqea 70 yil oldin yuz bergan. Xitoy bizning vatanda imomlarni, ziyolilarni o’ldirib bo’ldi, o’qimishlilarni lagerlarga va qamoqlarga tiqib qo’ygan. Shularning hammasini qo’yib yuborishini so’rayman. Mening qarindoshlarimni ham ozod etilishini istayman”.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG