Breaking News

Tadqiqot: Immigrantlarning farzandlari ko’proq muvaffaqiyatga erishadi


Universitet bitiruvchilar. Virjiniya, AQSh
Universitet bitiruvchilar. Virjiniya, AQSh

1892-1954-yillarda Nyu-York orqali Amerikaga 12 milliondan ortiq muhojir kirib kelgan. Asosan yevropaliklardan iborat bu immigrantlar yangi jamiyatga tez “singib” ketgan. Ko’pgina amerikaliklar o’sha paytdagi immigrantlarga ijobiy ko’z bilan qaraydi.

Bugun muhojirlarning aksariyati Lotin Amerikasi va Osiyodan. Lekin ularga bo’lgan munosabat biroz salbiy. Ularga jamiyatga qorishib ketishi qiyin bo’lgan guruh sifatida ko'riladi. Potentsial jinoyatchilar, ish o’rinlari "o’g’rilari" va moliyaviy yuk deb bilishadi.

Haqiqatan ham shundaymi yoki shunchaki tasavvurimi?

Prinston universiteti professori Lea Bustan va Stenford universiteti professori Ran Abramitski shu savolga javob topish uchun ilmiy tadqiqot o’tkazdi.

Natijalar olimlar chop etgan "Oltin ko'chalar: Muhojirlarning muvaffaqiyati haqida Amerikaning aytilmagan hikoyasi" kitobida bayon etilgan.

Immigrantlarning farzandlari ko’proq muvaffaqiyat qozonadami?

Tarixchi olimlar bir asr avval va so’nggi yillarda kelgan muhojirlarni ilmiy jihatdan qiyoslagan.

Tadqiqot jarayonida shu ayon bo’ldiki, qaysi mamlakatdan va qachon kelganidan qat’i nazar, immigrantlarning farzandlari amerikalik bolalardan ko’ra ko’proq muvaffaqiyat qozongan.

Bangladeshlik immigrantlarning farzandi Abia Xon Garvardda tahsil olmoqda
Bangladeshlik immigrantlarning farzandi Abia Xon Garvardda tahsil olmoqda

“Muhojir bolalarning ko’proq muvaffaqiyat qozonishiga sabab bu – ularning joylashuvi”, - deydi Prinston universiteti professori Lea Bustan. Uning yozishicha, muhojirlar ish o’rinlari ko’p bo’lgan rivojlangan shaharlarga kelib o’rnashadi. Bu esa ularning farzandlari uchun imkoniyatlar eshigidir.

Olimlar xorijdan kelgan immigrantlarning farzandlarini mamlakat ichida bir yerdan ikkinchi yerga ko’chgan amerikalik oilalarning farzandlari bilan taqqoslagan va ularning bir-biriga o’xshashini aniqlagan.

Haqiqat shuki, barcha immigrantlar ham yaxshi joylarga ko’chishni istaydi. Bir yerdan ikkinchi yerga ko’chgan amerikalik oilalarning farzandlari ham ko’p muvaffaqiyatlarga erishgan. Lekin aksariyat hollarda amerikalik bolalar tug’ilgan joyida qoladi.

“Haqiqat shuki, barcha immigrantlar ham yaxshi joylarga ko’chishni istaydi. Bir yerdan ikkinchi yerga ko’chgan amerikalik oilalarning farzandlari ham ko’p muvaffaqiyatlarga erishgan. Lekin aksariyat hollarda amerikalik bolalar tug’ilgan joyida qoladi”, - deydi olimlar.

Bundan tashqari, oliy ma’lumotli, kasbiy malakaga ega bo’lgan immigrantlar ham ko’pincha kam maoshli ishlarda ishlaydi. O’z vatanida ishlagan sohada, lavozimda ish topishi qiyin. Shu sabab ham ular o’z orzularini farzandlari orqali ro’yobga chiqarishga intiladi. Farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga e’tibor qiladi, jamiyatda o’z o’rnini topishga da’vat etadi.

Oliy ma’lumotga ega bo’lmagan, kambag’al oiladan chiqqan immigrant bolalarning ham kelajakda ko’p muvaffaqiyatlarga erishgani ayon bo’lgan. Kambag’al oiladan chiqqan muhojir bolalarni kambag’al oiladan chiqqan amerikalik bolalarga solishtirganda, muhojirlarning farzandlari ko’proq muvaffaqiyat qozongani ma’lum bo’lgan.

Tadqiqotlar yana shuni ko’rsatganki, Dominikan Respublikasi, Meksika yoki Gvatemaladan so’nggi yillarda kelgan kambag’al muhojirlarning farzandlari bir asr avval Norvegiya, Germaniya, Italiya kabi davlatlardan kelgan muhojirlarning farzandlari singari yangi jamiyatda o’z o’rnini topa olgan.

Suriyalik Muhammad Jobir Kaliforniyada shifokor bo'lib ishlaydi
Suriyalik Muhammad Jobir Kaliforniyada shifokor bo'lib ishlaydi

Immigrantlar va ularning farzandlari iqtisodiy yukmi?

Bustan va Abramitski tahlilicha, muhojirlarning moliyaviy yuk bo’layotgani haqidagi da’volar ham noto’g’ri.

Immigrant ota-onalar kam maoshli ishlarda ishlasa ham, farzandlari yuqori maoshli ishlarda ishlaydi, tez “o’sadi”.

“Immigrant ota-onalar kam maoshli ishlarda ishlasa ham, farzandlari yuqori maoshli ishlarda ishlaydi, tez “o’sadi”. Shunday qilib, vaqt o’tib, immigrantlar qaytanga tizimga foyda keltiradi”, - deydi olimlar.

Abramitski va Bustan yozadiki, bugungi muhojirlar bir asr oldin kelgan muhojirlar singari jamiyatga tez qorishib ketgan. Kelishi bilanoq ingliz tilini o'rganish, etnik mahallada emas, aksincha, amerikaliklar bilan yonma-yon yashash, ular bilan turmush qurish va bolalariga amerikacha ismlar berish kabilarni maqsad qiladi. Shuning uchun assimilyatsiya jarayoni tez kechadi.

Muhojirlar amerikaliklardan ish o’rinlarini olib qo’yayaptimi?

Abramitski va Bustan deydiki, muhojirlar ishchi kuchiga ehtiyoj bo’lgan sohalarga kiradi. Ular bo’shliqni to’ldirmoqda. O'qimagan, kambag'al muhojirlar qurilish, qishloq xo'jaligi va obodonlashtirish, bola yoki qariyalar parvarishi kabi ishlarda ishlaydi. Amerikaliklar esa odatda bunday ishga bormaydi.

Shu bilan birga, muhojirlar orasida oliy ma’lumotli va yuqori malakali olimlar, shuningdek, IT mutaxassislari ham ko’p. Bunday ishchilar esa, aksincha, ish o’rinlari yaratmoqda.

“Pew” tadqiqot markazining 2020-yilda o’tkazgan so’rovlari natijasiga ko’ra, qonuniy immigrant bo’ladimi yoki hujjatsiz, ularning aksariyati amerikaliklar istamaydigan yo’nalishlarda mehnat qiladi.

Ammo Garvard professori Jorj Borhasning aytishicha, immigrantlar oqimi kambag'al muhojirlarning istiqboliga putur yetkazmoqda. Oliy ma’lumot va malaka talab qilmaydigan kam maoshli ishlarda raqobatning ko’pligi umumiy daromadning yanada pasayishiga olib kelmoqda.

Bustan va Abramitski Kongress immigratsiya bo’yicha qarorlar qabul qilayotganda ushbu tadqiqot xulosalari bilan tanishadi degan umidda.

Facebook Forum

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG