Sietl O'zbekiston bilan hamkorlikka tayyor -- Seattle-Tashkent, US-Uzbek cooperation
Your browser doesn’t support HTML5
Amerikaning yirik biznes markazlaridan biri Sietl Toshkent bilan birodar. Bu ikki azim shahar qariyb 40 yildirki, madaniy-iqtisodiy rishtalar ega. Sietl siyosiy va iqtisodiy boshqaruv bobida Amerikaning yetakchi shaharlaridan. Shaharda eng ko'zga tanilgan shaxslardan biri bu Ues Ulman, Sietlning sobiq meri. Toshkent bilan birodarlik aloqalari o'rnatishda aynan shu kishi asosiy rol o'ynagan. Buning tarixi 1970-yillarga borib taqaladi. Bugun, deydi Ues Ulman, hamkorlik uchun imkoniyat talay. Istak va harakat bo'lsa bas. O'zbekiston va butun Markaziy Osiyoga katta qiziqish bilan qaraydigan yana bir arbob bu Salli Klark, Sietl shahar kengashi a'zolaridan biri, bo'lajak hokim sifatida qaralayotgan siyosatchilardan.