Afg’onistondagi xalqaro koalitsiya qo’mondoni general Jon Allen Vashingtonda AQSh Vakillar Palatasida hisobot berib, so’nggi noxush hodisalarga qaramay ikki davlat orasidagi aloqalar mustahkam, dedi. Tomonlar til topisha oladi, deydi u.
General Allenning aytishicha, vaziyat og’ir, qilinadigan ishlar talay, lekin progress bor.
Afg’on milliy kuchlari mamlakat xavfsizligini ta’minlash vazifasini o’z zimmasiga ola boshlagan, deydi u. 2014-yilda koalitsiya mamlakatni tark etadi.
AQSh generali deydiki, Afg’onistonning turli mintaqalarida yanvar oyidan buyon kamida 60 askar halok bo’ldi. Ulardan 13 nafari afg’on zobitlari tomonidan o’ldirildi.
AQSh va Afg’oniston kelajakdagi strategiyani muhokama qilmoqda.
Afg’oniston vitse-prezidenti Muhammad Qosim Fahim yaqinda Mozori Sharifda gapirganida, AQSh bilan harbiy kelishuv har ikki davlat manfaatini ko’zlaydi deb aytdi.
Yechimini kutayotgan yana bir masala - koalitsiya tunda olib borayotgan maxsus operatsiyalar. Prezident Hamid Karzay ularni to’xtatishni talab qilmoqda. Amerika nazarida esa aynan bu amaliyotlar Tolibonga zarba bermoqda.