O’zbekiston Inson huquqlari markazi rahbari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasining raisi Akmal Saidov bu hafta Jenevada BMT Inson Huquqlari Kengashi huzurida mamlakatdagi ahvol haqida hisobot berdi.
19-sentabr kuni qilgan bayonotida Akmal Saidov joriy yilning aprel oyida kengashda ko’rib chiqilgan masalalarga to’xtaldi. O’shanda O’zbekiston rasmiylari 83 davlat vakillari ishtirokida respublikada huquq ahvoli qanday ekanini muhokama qilib, xalqaro hamjamiyat fikrini tinglagan edi.
Mustaqil tashkilotlar, xususan “Human Rights Watch” (HRW) inson huquqlari bo’yicha yetakchi xalqaro organ O’zbekistonni siyosiy va diniy mahbuslar makoni, qiynoqlar muntazam ravishda qo’llanadigan, so’z va matbuot erkinligi ta’minlanmagan, fuqaro jamiyati cheklangan va xorijiy kuzatuvchilar qo’yilmayotgan muhit deya tanqid qilgan edi.
Akmal Saidov deydiki, bu tanqidlardan farqli o’laroq o’sha majlisda qatnashgan davlatlar vakillarining aksariyati O’zbekistondagi vaziyatni ijobiy baholagan.
Angola, Indoneziya va Germaniya O’zbekistonni demokratik taraqqiyot yo’lida quvvatlab, bu kengash doirasida respublika bilan yaqindan ishlayapti va Toshkent bundan minnatdor, deydi Akmal Saidov.
Apreldagi yig’inda BMT Inson Huquqlari Kengashi O’zbekiston hukumatiga huquq bobida ildam qadam tashlash uchun 200 dan ortiq tavsiya bilan chiqqan. Bu rekomendatsiyalarning katta qismi xalqaro huquq tashkilotlari yordamida yozilgan.
O’zbekiston ulardan yarmini qabul qilgan xolos. 30 tasi ayni damda amalda tatbiq etilmoqda, deydi Akmal Saidov.
Rasmiyning aytishicha, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilmoqda va huquq-tartibot tizimi, matbuot va axborot vositalari, huquq va erkinlik bilan bog’liq barcha jabhalar islohot ostida. Bu murakkab jarayonni xolislik bilan baholash va tahlil qilish kerak, deydi Saidov.
O’zbekiston BMT doirasida huquq bobida o’z bo’yniga olgan barcha majburiyatlarini bajarishga bel bog’lagan chunki bu avvalo xalq manfaati uchun xizmat qiladi, deydi respublika vakili. Toshkentda idorasini ochgan barcha xalqaro tashkilotlar, G’arb vakolatxonalari bilan yaqindan ishlayapmiz, deydi Akmal Saidov.
“Muammolar ko’p, buni tan olamiz. Hamma sohada ham progress ko’zga tashlanmayotgandir, ammo biz harakat qilayapmiz va siz bilan hamkorlik qilishga, dunyo tajribasidan o’rganishga tayyormiz”,- dedi u, 19-sentabr kuni BMT Inson Huquqlari Kengashida so’zlar ekan.
Majlisda “Human Rights Watch” tashkiloti bayonoti ham tinglangan. Organ O’zbekiston tavsiyalarning 100 dan ortig’ini qabul qilganini ijobiy qadam deya tan olgan.
Lekin, deya bildiradi tashkilot, qator o’ta dolzarb masalalar chetda qolib ketmoqda, xususan siyosiy sabablarga ko’ra panjara ortiga tashlangan insonlar taqdiri, huquq faollariga nisbatan tazyiq, xalqaro tashkilotlar va xorijiy matbuotga mamlakatga kirish va ishlash cheklangani, qiynoqlarga chek qo’yilmagani, 2005-yilda Andijonda yuz bergan fojia yuzasidan tegishli rasmiylar javobgarlikka tutilmagani, paxta terimiga odamlar hamon majburlanayotgani va hokazo.
HRW: Akmal Saidov yolg'onchi
O’zbekiston delegatsiyasi qamoqxonalarda “siyosiy mahbuslar yo’q” deb keladi. Panjara ortida o’tirganlar jinoiy javobgarlikka tortilgan va sud tomonidan aybdor deb topilgan odamlar, deydi rasmiylar.
Huquq himoyachilari esa hukumatni tanqid qilgani yoki muxolif partiyalarda jonbozlik ko’rsatgani uchun qamalgan jurnalist, faol va ziyolilarni “siyosiy mahbus” deb ataydi.
“Diniy mahbuslar” ham bor, deydi “Human Rights Watch” (HRW). Ular ekstremizmda va tuzumga qarshi harakatlarda ayblanib, sudlangan va qamalgan insonlar. “Diniy mahbuslar” orasida, xuddi “siyosiy mahbuslar” dek asossiz ta’qibga olinganlar va zarur isbot-dalilsiz, uydirma va soxta da’volar bilan qamalganlar juda ko’p, deya bildiradi huquq tashkiloti.
Shu yilning aprel oyida Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi O’zbekiston qamoqxonalariga boshqa kirmaslikka qaror qildi. Chunki, deya qayd etadi qo’mita, turmalarni tekshirish, mahbuslar bilan gaplashish va umuman hibsxonalarga borish juda qiyin. Hukumat ataylab bu jarayonni murakkablashtiradi.
Akmal Saidov Jenevada gapirganida bu da’volarni rad etgan va Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasini o’z ishini eplolmaganlikda ayblagan.
O’zbekistonga nisbatan yana bir tanqid shuki, hukumat BMTning biror maxsus vakilini o’tgan 11 yildan beri mamlakatga kiritmagan.
Akmal Saidov BMTga qarata “siz bilan ishlashga tayyormiz” deb o’tiribdi, biroq nega BMT maxsus vakillari, jumladan Qiynoqlar bo’yicha elchini kiritmayapti? Vaziyat yaxshilanayotgan bo’lsa, chet ellik mutaxassislar borib ko’rsin va hisobot bersin, deyiladi “Human Rights Watch” bayonotida.
Bu guruhning o’zi O’zbekistonni 2011-yilda, 15 yillik faoliyati ketidan, tark etgan. Hukumat uni qayta ro’yxatdan o’tkazmagan. Respublika rasmiylari “Human Rights Watch” ni tuzumga qarshi targ’ibotda ayblab keladi. Tashkilot esa uning huquq bilan bog'liq muammolar haqidagi izchil hisobotlari, tanqidi va bu borada tashqi dunyoga ma'lumot olib chiqayotgani uchun nishonga olinganini aytadi.
Akmal Saidov "Human Rights Watch"ni O'zbekiston qonunchiligini buzganlikda ayblaydi, lekin buning uchun biror isboti yo'q, qaysi qonun qachon buzilgan, buni aytsin, deydi Stiv Sverdlov (Steve Swerdlow), tashkilotning Markaziy Osiyo bo'yicha bosh vakili.
Gap hukumatning o'zi inson huquqlarini muntazam ravishda buzib kelayotganida va bu muammoni ko'tarib chiqqan tomonlarga toqati yo'q ekanida, deydi mutaxassis.
Nyu-Yorkda asoslangan tashkilot esa dunyo miqyosida huquq himoyasi bilan shug'ullanishini, adolat talab qilish insonning uzviy erkinligi ekanini eslatadi.
BMT Inson huquqlari komissari Navi Pillay va boshqalar ham O'zbekistonda huquq ahvoli xalqaro me'yorlarga javob bermaydi deb keladi.
"Janob Saidovning BMT Inson huquqlari kengashidagi bayonoti O'zbekiston hukumatining xalqaro maydondagi nufuzi va unga nisbatan ishonchni yanada pasaytiradi. Respublika rahbariyati o'z xalqaro majburiyatlariga jiddiy yondashishni boshlashi kerak. Buning uchun birinchi qadam BMTdek katta bir organga hisobot berish uchun haqiqatni gapira oladigan odamni yuborish kerak, dunyo ahliga yolg'on so'zlaydigan kishini emas",- deydi Sverdlov.
19-sentabrdagi masjlisni mana shu yerda tomosha qilish mumkin. (Akmal Saidov inglizchada, boshlanishi 1:30 va ruschada, boshlanishi 48:00)
http://link.brightcove.com/services/player/bcpid1722935254001?bctid=2681118979001&autoStart=false&width=640&height=360
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
19-sentabr kuni qilgan bayonotida Akmal Saidov joriy yilning aprel oyida kengashda ko’rib chiqilgan masalalarga to’xtaldi. O’shanda O’zbekiston rasmiylari 83 davlat vakillari ishtirokida respublikada huquq ahvoli qanday ekanini muhokama qilib, xalqaro hamjamiyat fikrini tinglagan edi.
Mustaqil tashkilotlar, xususan “Human Rights Watch” (HRW) inson huquqlari bo’yicha yetakchi xalqaro organ O’zbekistonni siyosiy va diniy mahbuslar makoni, qiynoqlar muntazam ravishda qo’llanadigan, so’z va matbuot erkinligi ta’minlanmagan, fuqaro jamiyati cheklangan va xorijiy kuzatuvchilar qo’yilmayotgan muhit deya tanqid qilgan edi.
Akmal Saidov deydiki, bu tanqidlardan farqli o’laroq o’sha majlisda qatnashgan davlatlar vakillarining aksariyati O’zbekistondagi vaziyatni ijobiy baholagan.
Angola, Indoneziya va Germaniya O’zbekistonni demokratik taraqqiyot yo’lida quvvatlab, bu kengash doirasida respublika bilan yaqindan ishlayapti va Toshkent bundan minnatdor, deydi Akmal Saidov.
Apreldagi yig’inda BMT Inson Huquqlari Kengashi O’zbekiston hukumatiga huquq bobida ildam qadam tashlash uchun 200 dan ortiq tavsiya bilan chiqqan. Bu rekomendatsiyalarning katta qismi xalqaro huquq tashkilotlari yordamida yozilgan.
O’zbekiston ulardan yarmini qabul qilgan xolos. 30 tasi ayni damda amalda tatbiq etilmoqda, deydi Akmal Saidov.
"Qabul qilinmagan tavsiyalar yo xalqaro majburiyatlarga kirmaydi yo real vaziyatga to’g’ri kelmaydi", - deydi u.
"Qabul qilinmagan tavsiyalar yo xalqaro majburiyatlarga kirmaydi yo real vaziyatga to’g’ri kelmaydi", - deydi u.Akmal Saidov, O'zbekiston Inson huquqlari markazi rahbari
O’zbekiston BMT doirasida huquq bobida o’z bo’yniga olgan barcha majburiyatlarini bajarishga bel bog’lagan chunki bu avvalo xalq manfaati uchun xizmat qiladi, deydi respublika vakili. Toshkentda idorasini ochgan barcha xalqaro tashkilotlar, G’arb vakolatxonalari bilan yaqindan ishlayapmiz, deydi Akmal Saidov.
“Muammolar ko’p, buni tan olamiz. Hamma sohada ham progress ko’zga tashlanmayotgandir, ammo biz harakat qilayapmiz va siz bilan hamkorlik qilishga, dunyo tajribasidan o’rganishga tayyormiz”,- dedi u, 19-sentabr kuni BMT Inson Huquqlari Kengashida so’zlar ekan.
Majlisda “Human Rights Watch” tashkiloti bayonoti ham tinglangan. Organ O’zbekiston tavsiyalarning 100 dan ortig’ini qabul qilganini ijobiy qadam deya tan olgan.
Lekin, deya bildiradi tashkilot, qator o’ta dolzarb masalalar chetda qolib ketmoqda, xususan siyosiy sabablarga ko’ra panjara ortiga tashlangan insonlar taqdiri, huquq faollariga nisbatan tazyiq, xalqaro tashkilotlar va xorijiy matbuotga mamlakatga kirish va ishlash cheklangani, qiynoqlarga chek qo’yilmagani, 2005-yilda Andijonda yuz bergan fojia yuzasidan tegishli rasmiylar javobgarlikka tutilmagani, paxta terimiga odamlar hamon majburlanayotgani va hokazo.
HRW: Akmal Saidov yolg'onchi
O’zbekiston delegatsiyasi qamoqxonalarda “siyosiy mahbuslar yo’q” deb keladi. Panjara ortida o’tirganlar jinoiy javobgarlikka tortilgan va sud tomonidan aybdor deb topilgan odamlar, deydi rasmiylar.
Huquq himoyachilari esa hukumatni tanqid qilgani yoki muxolif partiyalarda jonbozlik ko’rsatgani uchun qamalgan jurnalist, faol va ziyolilarni “siyosiy mahbus” deb ataydi.
“Diniy mahbuslar” ham bor, deydi “Human Rights Watch” (HRW). Ular ekstremizmda va tuzumga qarshi harakatlarda ayblanib, sudlangan va qamalgan insonlar. “Diniy mahbuslar” orasida, xuddi “siyosiy mahbuslar” dek asossiz ta’qibga olinganlar va zarur isbot-dalilsiz, uydirma va soxta da’volar bilan qamalganlar juda ko’p, deya bildiradi huquq tashkiloti.
Shu yilning aprel oyida Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasi O’zbekiston qamoqxonalariga boshqa kirmaslikka qaror qildi. Chunki, deya qayd etadi qo’mita, turmalarni tekshirish, mahbuslar bilan gaplashish va umuman hibsxonalarga borish juda qiyin. Hukumat ataylab bu jarayonni murakkablashtiradi.
Akmal Saidov Jenevada gapirganida bu da’volarni rad etgan va Xalqaro Qizil Xoch Qo’mitasini o’z ishini eplolmaganlikda ayblagan.
O’zbekistonga nisbatan yana bir tanqid shuki, hukumat BMTning biror maxsus vakilini o’tgan 11 yildan beri mamlakatga kiritmagan.
Akmal Saidov BMTga qarata “siz bilan ishlashga tayyormiz” deb o’tiribdi, biroq nega BMT maxsus vakillari, jumladan Qiynoqlar bo’yicha elchini kiritmayapti? Vaziyat yaxshilanayotgan bo’lsa, chet ellik mutaxassislar borib ko’rsin va hisobot bersin, deyiladi “Human Rights Watch” bayonotida.
Bu guruhning o’zi O’zbekistonni 2011-yilda, 15 yillik faoliyati ketidan, tark etgan. Hukumat uni qayta ro’yxatdan o’tkazmagan. Respublika rasmiylari “Human Rights Watch” ni tuzumga qarshi targ’ibotda ayblab keladi. Tashkilot esa uning huquq bilan bog'liq muammolar haqidagi izchil hisobotlari, tanqidi va bu borada tashqi dunyoga ma'lumot olib chiqayotgani uchun nishonga olinganini aytadi.
Janob Saidovning BMT Inson huquqlari kengashidagi bayonoti O'zbekiston hukumatining xalqaro maydondagi nufuzi va unga nisbatan ishonchni yanada pasaytiradi.Stiv Svedlov, "Human Rights Watch" vakili