Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘li Samarqand shahrida Turkiya bosh konsulxonasining ochilish marosimida qatnashdi.
Turkiyada yashadigan uyg‘urlar Xitoyning Anqara va Istanbuldagi diplomatik missiyalari oldida aksiya o‘tkazmoqda. “Yaqinlarimiz, oilalarimiz qayerda? deya so‘ramoqda ular.
Tog‘li Qorabog‘ning Agdam tumanida 30-yanvar kuni Turkiya-Rossiya monitoring markazi ish boshladi. Asosiy vazifasi - hududda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini kuzatib borish, jumladan dronlar yordamida.
Ekspertlarga ko‘ra, Erdog‘an va Tramp o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlar mavjud muammolarni ko'zdan pana qilib keldi. Ular Bayden davrida qalqib chiqishi mumkin.
2020-yilda pandemiya sabab Turkiyada joriy etilgan cheklovlar, qolaversa, turk lirasining qadrsizlanishi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi.
“Amerika Ovozi” bilan suhbatlashgan Turkiyadagi o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari 2020-yil nisbatan og‘irroq kechganini aytar ekan, umuman musofir yurtda tirikchilik qilish oson emas, deyishadi.
"Abdukarim Mirzayevga nisbatan hech qanday ayblov qo‘yilmagan, u Turkiya qonunchiligni buzmagan, uning qandaydir jinoyat sodir etgani bo‘yicha dalil ham yo‘q", - deydi uning advokati.
2019-yilning bahorida Vashington Anqarani F-35 qiruvchi samolyotlar dasturidan chiqarib yuborgan edi, endi esa Turkiya Mudofaa sanoati boshqarmasi AQShning sanksiyasiga uchradi.
Ikki davlat o‘rtasida dolzarb bo‘lib qolayotgan bir qator masalalar bor, jumladan, AQShning kurdlarga qo‘llovi, Turkiya Rossiyadan sotib olgan S-400 havo mudofaa tizimi, F-35 qiruvchi samolyotlar dasturi.
Turkiyaning bir qator oliygohlarida o'zbek tili va adabiyoti o'rgatiladi. Turkiyalik ekspertlar o'zbek tili va yozuvi haqida nima deydi?
Turkiyaning bir qator oliygohlarida o'zbek tili va adabiyoti o'rgatiladi. Turkiyalik ekspertlar o'zbek tili va yozuvi haqida nima deydi? Ular til va yozuv bilan bog'liq qanday muammolarni ko'rmoqda?
Shu yilning 17-oktabriga o‘tar kechasi Ozarbayjonning Ganja va Mingachevir shaharlari raketa hujumiga uchradi.
AQShda prezident saylovi yaqinlashgani sayin Turkiyada ham “Oq uyning keyingi rahbari kim bo‘lishi mumkin?” degan savolning javobiga qiziqish kuchayib bormoqda.
Sud materiallariga ko‘ra, Abdulqodir Masharipov Istanbulning Beshiktosh tumanida joylashgan “Reina” tungi klubida ommaviy qotillikni amalga oshirgan.
O‘zbekistonning rasmiy idoralari ma’lumotiga ko‘ra, Turkiyada 43 mingdan ziyod o‘zbekistonlik mehnat qiladi.
Turkiyada to‘rt yildan beri ishlayotgan o‘zbekistonlik Dilnoza G‘aniyeva mehnat muhojirlari duch kelayotgan asosiy muammolarni sanar ekan, ular hal etilishi uchun O‘zbekiston hukumatidan yordam kutayotganini aytadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an 21-avgust kuni televideniye orqali chiqishida Qora dengizda olib borilgan qidirish-burg‘ilash ishlari natijasida yirik gaz zaxirasi aniqlanganini ma’lum qildi.
Tog'li Qorabog' nafaqat Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi, balki mintaqaviy ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Bu mojaroda Turkiya Ozarbayjonni, Rossiya esa Armanistonni quvvatlab keladi.
Xitoy hukumati “terrorchilar va ekstremistlarga qarshi operatsiya”da 100 kishi o‘lganini aytadi, biroq uyg‘urlarga ko'ra, voqeada kamida 2 ming kishi o‘ldirilgan.
AQSh “Shimoliy oqim – 2” va “Turk oqimi” loyihalarida ishtirok etuvchi kompaniyalar sanksiyaga uchrashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Ko'proq...