Qirg’izistonlik ekspert fikricha, o'rta osiyoliklar xabarlarni Rossiya matbuoti orqali olyapti va bu xabarlarda rossiyaliklar Eron tomonida turgani aniq sezilmoqda.
“Amerikaning Idlibdagi va Iroqdagi boshqa harbiy bazalariga bo’lgan hujum tashqaridan qaraganda go’yo kelishib olingandek bo’ldi”, - deydi qirg’izistonlik jurnalist va siyosiy sharhlovchi Mahmudjon Qozoqboyev.
Turkiya Qirgʻizistonga Istanbul mehmonxonalaridan birida oʻldirilgan xitoylik, etnik uygʻur Ayerkin Saymaitining oʻlimi boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo davlatlarning Bishkekda o'tgan yig'inida 15 hujjatga qo’l qo’yildi. Tojikiston-Afg’oniston chegarasidagi vaziyat muhokama qilingan.
Qirgʻizistondan kamida 700 million dollar olib chiqib ketilishiga bagʻishlangan jurnalistik surishtiruv ortidan mamlakatda norozilik aksiyasi boshlandi.
Safed Bulon O’zbekistonning Namangan viloyati bilan chegaradosh Qirg’izistonning Olabuqa tumanida. Eng ko’p ziyoratchilar O’zbekistondan.
BMT bergan ma’lumotga ko’ra, joriy yilning iyul oyida Qirg’iziston fuqaroligi yo’q shaxslarning muammosini butunlay hal etgan dunyodagi birinchi mamlakat bo’lgan.
“Amerika Ovozi” bilan suhbatda marhum jurnalistning ukasi qotillikka nima va kimlar sabab bo‘lgani oshkor bo‘lishidan umid qilayotganini aytdi.
“O’sh-Andijon” yo’nalishi bo’yicha yangi avto qatnovi ochildi. Endi fuqarolar O’sh (Qirg’iziston) shahridan Andijonga, Andijondan (O’zbekiston) esa O’shga to’g’ridan-to’g’ri bora oladi.
16-sentabr kuni kechga yaqin Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlarining chegara hududida otishma yuz bergan. Oqibatda Qirgʻizistondan bir nafar, Tojikiston tomondan esa uch nafar harbiy xizmatchi halok boʻlgan.
O'zbek tilidagi Vikipediya loyihalariga faol hissa qo'shib kelayotgan Nodir Atayev bilan suhbatlashdik.
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga tegishli “Aprel” telekanalining yopilishi matbuot erkinligi borasidagi muhokamalarni qizitmoqda.
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan qotillik va hokimiyatni agʻdarishga urinish aybi qoʻyildi. Bu haqda Bishkekda matbuot anjumanida e'lon qilindi.
Qirg'izisonda sobiq prezident Almazbek Atambayev hibsga olinishi bilan bog'liq beqaror siyosiy vaziyat saqlanib turibdi.
Qirgʻizistonning Chuy viloyat sudi 2010-yildagi millatlararo nizolar ortidan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Azimjon Asqarovni ozod qilish iltimosini qanoatlantirmadi.
Qirgʻizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kremlda uchrashdi.
Xadicha Asqarova Qirgʻizistonda umrbod ozodlikdan mahrum qilingan Azimjon Asqarovning rafiqasi. U “Amerika ovozi” uchun bergan intervyusida boshidan kechirayotgan qiyinchiliklari va umidlari haqida aytib berdi.
Qirgʻizistonlik siyosatshunos Iqbol Mirsaitovning aytishicha, ShHTning muvaffaqiyatlaridan biri o’zaro qarama-qarshiliklarga ega davlatlarni bir davraga keltira olganidadir.
Qirg’iziston janubida “Sen-Tы-You” deb nomlangan loyiha ish olib bormoqda. Yoshlarga o’zini anglab yetish hamda o’z qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi.
Ko'proq...