Kecha O’zbekiston maktablarida bitiruvchilar uchun so'nggi qong'iroq chalindi. Bu yil 108 mingdan oshiq yoshlar 11-sinfni bitiradi. 9 sinf-o'quvchilarini qo'shib hisoblaganda bitiruvchilar soni 700 mingdan oshadi.
Mutaxassislar nazarida respublika ta'lim tizimi islohotlarga muhtoj, o’qitish saviyasi tushib ketgan va o'quvchilar ko’p hollarda hokimyat uchun arzon ish kuchiga aylangan.Oliy o'quv yurtlariga xos bo'lgan korrupsiya umumta'lim maktablarida ham ildiz ota boshlagan.
Ilm maskanlarida o'qituvchilarga sovg'a-salom berish azaliy bir odat, ammo keyingi yillarda bu pora berish yo'li odatiy, tabiiy bir holga aylangan. Buning sabablaridan biri esa o'qituvchilarning maoshi juda oz ekanidir. Maktablarda ularning oyligi uzog'i bilan 200 ming so'm. Buning ustiga u o'z vaqtida berilmaydi.
Yana bir muammo, deydi jamoatchi faollar, bolalarning ta'lim olish huquqi muntazam buzilishidir.
“Hatto Sovet davrida ham o'quvchilar umumiy hasharga jo'ntilmagan paytda asosiy e'tibor ta'lim va maktabda edi. O'quvchilar o'zicha darsni tashlab ketolmas edi. Mas'uliyat bor edi. Hozir ta'lim haqida ko'p gapiramiz. Lekin saviyaning pastligi va darslarning to'g'ri yo'lga qo'yilmaganioquvchilar zimmasiga turli jamoat ishlari yuklanayotgani bilan bo'gliq. Masalan dalada terim yoki chopiqda qatnashayotgan bolaga o'qituvchi hech narsa deya olmaydi. O'qituvchilarning o'zi qishloq xo'jaligi kampaniyalariga doimiy jalb qilinadi. Ularda huquq yo'q. Bu huquq hokimyat tomonidan olib qo'yilgan ”, -deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.
Bu yilgi bitiruvchilarning qanchasi jamiyatda o'z o'rnini topib ketishi noma'lum. O'zbekistonda ishsizlik darajasi kun sayin oshib bormoqda. Hukumat ochiq tan olmaydigan yana bir muammo.
Maktab bitiruvchilarini keying taqdiri jamoatchilik, ayniqsa ota-onalar oldida turgan jiddiy masala.
Yoshlarda esa jamiyatda o'z ornini topish asosan pulga bog'liq degan qarash shakllanib bo'lgan.
“Hozir pul bo'lmasa, hech narsa qilib bo'lmaydi",- deydi bitiruvchi qizlardan biri.
"Imtihon olayotgan o'qituvchilar halol bo'lishsa ehtimol o'quvchilar ham katta institutlarga kirishi mumkin”, - deydi u
Farzandining oliy o'quv yurtida o'qishiga imkoniyat yaratib bera oladigan ota-onalar soni esa moddiy sharoitga ko'ra tobora kamayib bormoqda.
“Pulsiz odam o'qiy olmaydi. Qanchalik kuchli bo'lmasin, falon pul berib men bolalarimni o'qita olmayman. Bu juda o'gir. O'qitish uchuno'g'irlik qilish kerak. Nimanidir o'marish kerak. Shuning uchun o'qishning hojati ham yo'q”,- deydi bir ota.
O'zbekiston yangi ta'lim tizimiga o'tgach, maktablar asosan 9-sinfgacha o'qitadigan bo'ldi.
Undan keyin esa yoshlar kollejlarda tahsil olishi kerak. Bunday imkoniyat esa ko'pchilikda yo'q hisob.
“Tuman markazlarida qurilgan kollejlarda chekkaqishloqdagi yoshlarni o'qishlari qiyin. Birinchidan ota-onada pul yo'q. Ikkinchidan yotoqxonalar qurilmagan yoki yetishmaydi. Uchinchidan bu kollejlarning hammani o'qita olish imkoniyati cheklangan. Shu bois ko'pchilik 9-sinf ma'lumoti bilan qoladi. Qizlar esa, mentalitetimizga ko'ra, baribir uyda qolsa ajabmas”, - deya afsus bildiradi Tashanov.
Ta'limni davom ettirib, mutaxassislikka ega bo'lgach ham ish topolmay sarson bo'lib yurganlar juda ko'p.
Yuqorida tilga olingan barcha muammolar yoshlarni umidsizlikka tushirayotgani sir emas. Kelajak ular qo'lida ekan, yosh avlod bilimli va kasbli bo'lishi, hayotga ijobiy qarashni o'rganishi lozim. Biroq bugun bitiruvchilarning ko'pchiligi o'qituvchilariga sovg'a-salom berib, bir amallab 9-sinfni tugatganidan xursand.