Breaking News

Etnik xunrezlikdan besh yil o'tib... O'sh, Qirg'iziston

O’shda iyun voqeasi qurbonlari xotiralandi. Qirg’izistonning janubiy poytaxti hisoblanmish O’sh shahrida 2010-yilning iyun oyida bo’lib o’tgan millatlararo nizoda halok bo’lganlar yodga olindi. 11-iyun kuni BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun shaharga tashrif buyurib, 2010-yildagi xunrezliklarda jabr ko'rganlarga hamdardlik bildirdi. Qirg'iziston hukumatini fojiani xolis tergov qilib, inson huquqlarini hurmat qilishga, elatlararo birdamlik yo'lida dadil harakat qilishga chaqirdi.

Shohruh Soipov, O'sh (maxsus reportaj)

O’shda iyun voqeasi qurbonlari xotiralandi. Qirg’izistonning janubiy poytaxti hisoblanmish O’sh shahrida 2010-yilning iyun oyida bo’lib o’tgan millatlararo nizoda halok bo’lganlar yodga olindi.

11-iyun kuni BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun shaharga tashrif buyurib, 2010-yildagi xunrezliklarda jabr ko'rganlarga hamdardlik bildirdi. Qirg'iziston hukumatini fojiani xolis tergov qilib, inson huquqlarini hurmat qilishga, elatlararo birdamlik yo'lida dadil harakat qilishga chaqirdi.

Qonli voqeaga bag’ishlangan tadbirlar, ertalab, marhumlar xotirasiga o’rnatilgan “Onalar ko’z yoshi” monumentiga gulchambarlar qo’yish bilan boshlandi. Unda Qirg’iziston hukumatining O’sh viloyatidagi vakili So’ronbay Jeyenbekov, O’sh shahar hokimi Aytmamat Qadirboyev, kuch tuzilmalarining boshchilari, shuningdek, mahalliy faollar va voqeada halok bo’lganlarning yaqinlari ishtirok etdilar. Ular marhumlar xotirasiga Qur’on – tilovat qilib, aholini birlik va do’stlikda yashashga da’vat etdilar.

Tadbirda qatnashgan, voqeada daraksiz yo’qolganlarning yaqinlari, Qirg’iziston Jo’g’o’rqu Kengashi deputatlari ularning holidan xabar olmayotganliklaridan shikoyat qildilar.

“Deputatlar aprel revolyutsiyasida jarohatlangan va halok bo’lganlarning oilalarigagina e’tibor qaratmoqda. Ularni qabul qiladi, holidan xabar olishadi. Nega bizga hech qanday e’tibor qaratmaydi?” – deydi 2010-yilda o’z yaqinlarini yo’qotgan jabrdiydalardan biri.

U va boshqalarning so’zlariga ko’ra, deputatlar aholiga faqat saylov arafasidagina kelib, muammolarini so’ragan bo’ladilar, qolgan paytda esa hol-ahvol ham so’rab qo’ymaydilar.

“Biz o’g’illarimizdan ayrildik. Ular daraksiz ketdilar. Aybdorlar jazosiz qolmoqda. Deputatlarga biz faqat salovdagina kerakmiz. Yaqinda yana saylov bo’ladi. Ko’ramiz, kimisi bizga ovoz berib qo’yinglar deb kelar ekan”, - deydi qonli voqeada o’g’li halok bo’lgan Shaani To’pchubayeva.

“Onalar ko’z yoshi” monumentiga gulchambarlar qo’yilganidan so’ng, rasmiylar iyun voqeasida jabrlangan va halok bo’lganlarning oilalari uylariga borib, Qur’on – tilovat qildilar.

Qirg’iziston Jo’g’o’rqu Kengashi deputati Jildizqan Jo’ldo’sheva bugungi tadbir uyushtiruvchilari unga kech vaqtni aytib, o’zlari esa tadbirlarni erta boshlab yuborganini, shu sababdan, xalq vakili ertalabki xotirlash marosimlariga qatnasha olmaganini iddao qildi.

“Meni “Onalar ko’z yoshi” monumenti oldiga soat 10:00 ga chaqirishdi. O’sha vaqtga kelsam, hech kim yo’q. Tadbir allaqachon bo’lib o’tgan ekan. Aniqroq vaqtni aytish kerak edi. Uyatmasmi? Bunday qilmanglar, Aytmamat”, - deya shahar hokimiga murojaat qildi deputat xonim Jildikqan Jo’ldo’sheva.

Unga javoban, shahar hokimi Aytmamat Qadirbayev: “Eja, meni aydor qilmang. Men ta’tilda edim”.

Xotira marosimida ishtirok etgan Ro’zixon Qosimova turmush o’rtog’ini 2010-yilning 13 may kuni temir yo’l bekati yaqinida o’ldirib ketishganini aytadi.

“Erimning jasadini voqeadan uch oy o’tgandan keyin topdim. Qabristonlarning biriga ko’mib tashlashgan ekan. Barcha huquq-tartibot organlariga, o’sha paytdagi bosh prokuror Aida Salyanovaga arizalar yozganman. Tergov ishlari olib borilgandek bo’ldi, lek nimagadir ishni to’xtatib qo’yishdi”, - deya taajjublanadi Ro’zixon Qosimova.

Uning so’zlariga ko’ra, erining qo’l telefoni bilan Novqat shahridan kimdir gaplashgan. Biroq belgisiz sabablardan u shaxsning kim ekanligi ham aniqlanmagan.

O’sh shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasining rahbari Qilichbek Jo’ldo’shevning so’zlariga ko’ra, iyun voqeasida daraksiz yo’qolganlarning soni 9 nafarni tashkil etadi. Ularni izlash ishlari olib borilmoqda, deydi militsiya rahbari.

“Bugungi kunda O’sh shahrida vaziyat tinch, xavfsizlik to’liq nazorat ostida. Militsiya 9-iyundan boshlab kuchaytirilgan tartibda ishlamoqda. Bu holat 12-iyungacha davom etadi”, - deydi u.

Ko'proq...

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG