O'zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov shu hafta Qo'shma Shtatlarda bo'ldi. Muftiy sifatida uning bu davlatga ilk tashrifi.
Vashingtonga u Oliy Majlis a'zolari - Senat Tashqi ishlar qo'mitasi raisi Alisher Kurmanov va Qonunchilik palatasi a'zosi, Inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov hamda Islomiy madaniyat markazi rahbari Shoazim Minovarov bilan tashrif buyurdi.
Oq uy, Davlat departamenti va boshqa organlarning yuqori darajali rasmiylari, shuningdek, Kongressdagi muloqotlarda asosiy mavzu - bugungi O'zbekistonda e'tiqod erkinligi va islohotlar qanday kechayotgani.
Your browser doesn’t support HTML5
Muftiy AQSh Tinchlik institutida so'zlar ekan, O'zbekiston jaholatga qarshi jaholat bilan emas, ma'rifat bilan kurashadi, dedi.
Alimov Amerika masjidlarida bo'ldi. Bu mamlakat musulmonlari bilan davra suhbatlari qurdi. Birga namoz o'qidi. Iftorlarga taklif qilindi.
Amerika tomon, nafaqat hukumat, balki tahlil markazlari va huquq tashkilotlari fuqaro jamiyati taraqqiy etishi kerak, so'z va vijdon erkinligi kengayishi kerak, ekstremizmga qarshi kurash borasida oshkoralik va adolat ta'minlanishi lozim, deya undamoqda.
Delegatsiyani tinglagan ekspertlar, tahlilchi va faollar O'zbekistonni fuqaro jamiyatini rivojlantirishga, oshkoralik va adolat uchun sharoitni yaxshilab, e'tiqod bilan bog'liq savol va tanqidlarga befarq bo'lmaslikka chaqirdi.
O'zbekiston rasmiylari deydiki, mamlakat bugungi yo'lidan orqaga qaytmaydi.
Your browser doesn’t support HTML5
Deputat Akmal Saidovning "Amerika Ovozi"ga aytishicha, O'zbekiston "alohida xavotirga molik davlatlar" qatorida bo'lishni va bunday ro'yxatlarga qayta tushishni aslo istamaydi. Respublika yaqingacha AQShning mana shunday tamg'asi ostidagi mamlakat edi.
O'zbekistonning AQShdagi elchixonasida iftordan keyin "Amerika Ovozi" bilan muloqot qilar ekan, muftiy uni AQShga olib kelgan asosiy masala bilan cheklanmadi.
Bugungi O'zbekistonda diniy ta'lim nimani anglatadi?
Musulmonlar idorasi yosh avlod bilan qanchalik ishlaydi?
Muftiy ijtimoiy tarmoqlardagi bahs-munozaralardan boxabarmi? Ularni kuzatadimi? Yoshlar dardini biladimi?
"Qora ro'yxat" hali ham bormi?
Diniy mahbuslar qay ahvolda va yaqin orada afv etiladiganlar bormi?
Bugungi O'zbekistonda masjidlar hammaga ochiqmi?
Andijondagi masjid mashmashasi haqida muftiy qanday fikrda?
Vaqf nima? Musulmonlar idorasi xayriyadan tushgan mablag'ni nima qiladi? Uning qanday mulklari bor?
Imomlardan nima kutiladi? Qancha maosh oladi?
Xotin-qizlarning diniy huquqlarini ta'minlash bobida qanday o'zgarishlar bor?
Hijob masalasi qachon hal bo'ladi? Bu borada hozirgi tartib qanday?
Aytgancha... Prezident Mirziyoyev e'tiqodli odammi? Islomga munosabati, O'zbekiston telekanallari ko'rsatayotganidek yuqori va ijobiymi?
Javoblar ushbu muloqotimizda. Tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5