Isroilga qarshi talabalar namoyishlariga boshchilik qilgan Mahmud Xalil hibsda. Prezident Tramp bunday chora keng qo'llaniladi, deya ogohlantirmoqda.
Prezident Tramp Tehronni yadroviy maqsadlar haqida gaplashishga undagan. Eron murosaga bormasa, Tramp "maksimum bosim" o'tkazishga shay.
Misr G’azoga BMT tinchlikparvar kuchlarini olti oyga kiritishni taklif etgan. Isroil va AQSh XAMASni qurolsizlantirishni talab qilarkan, rejada bu haqda hech narsa deyilmagan.
Isroil-XAMAS o’rtasida erishilgan sulh bitimining birinchi bosqichi 1-mart kuni yakuniga yetadi. Ikkinchi bosqichda urushni doimiy to’xtatish nazarda tutilgan. Biroq muzokaralar hanuz boshlanganicha yo’q.
BMT Xavfsizlik kengashida yangrayotgan xavotirlarga ko'ra, Yaqin Sharqda barqarorlikka erishish, xususan Isroil va Falastin yonma-yon mustaqil davlat sifatida yashashi ehtimoli yanayam pasaygan.
AQShning Rossiya-Ukraina va Yaqin Sharq bo'yicha muzokaralarida Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon strategik rol o'ynamoqda.
AQSh qonunchilariga ko’ra, Suriyaning o’tish davridagi rahbari Ahmad Sharaaga ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, chunki o’tmishda u “Islomiy davlat”ga aloqador guruhga a’zo bo’lgan, al-Qoidaga bay’at bergan.
Turkiya AQShni Suriyadan 2000 dan oshiq askarini olib chiqishga chaqirayotgan bir paytda Isroil aksincha Qo’shma Shtatlardan Suriyada kurd kuchlarini qo’llab-quvvatlashda davom etishni so’ramoqda.
XAMAS garovdagilarni ozod etishni kechiktirishi, AQSh rahbari Donald Tramp sulhni bekor qilishi haqida gap ochganidan beri g’azoliklar urush qayta boshlanishidan xavotirda.
“Agar garovdagilarning barchasi shanba kuni soat 12 gacha qaytarilmasa, kelishuvni bekor qilib, jahannamga yo’l ochaman”, - dedi Tramp.
Uylariga qaytayotgan odamlar vayronalar ko’lamidan hayratda. Isroil qo’shinlari Isroil chegarasidan O’rta Yer dengizigacha cho’zilgan olti kilometrlik Netsarim koridorini urushning ilk oylarida bosib olgan edi.
“G’azoga qo’shin kiritish nazarda tutilmagan. Amerika soliq to’lovchilari bu ishni moliyalamaydi. Tramp mintaqadagi hamkorlarimiz bilan kelishishini anglatadi bu”, - deydi Oq uy matbuot kotibasi Kerolayn Levit.
Ko'proq...