Tojikiston jamoatchiligi O’zbekiston bilan ziddiyatni o’tkinchi deb hisoblaydi

Tojikiston jamoatchiligi O’zbekiston bilan ziddiyatni o’tkinchi deb hisoblaydi

2011-yil O’zbekiston-Tojikiston munosabatlarida ancha ziddiyatli davr bo’ldi. Tojikistonlik ayrim tahlilchilar fikricha, rahbarlar o’zgarmaguncha aloqalar tiklanmaydi.

Мarkaziy Оsiyo birdamligi va xavfsizligi borasida turli loyihalar mavjud, ko’plab uchrashuv, konferensiya va ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Tojikiston va O’zbekiston orasi hamon tarang, ayniqsa, chegarada bu yaqqol ko’zga tashlanadi. Masalan, bir-biriga qo’shni Toshkent viloyati va Spitamen nohiyasini oling. O’zbekistonliklar, Platina qishlog’ida yashovchilar orada ziddiyat mustaqillikdan so’ng boshlanganini aytadi.

“Toshkent, Bekobodda aholining kattagina qismi tojiklar”, - deydi ular.

Tojik ahli O’zbekiston fuqarolari turmush darajasi ancha baland ekanini aytadi. Tojikiston fuqaroligini olish niyatimiz yo’q, deydi ular.

“Tojikistonda tug’ilganman, lekin pasportim O’zbekistonniki. Tojikistonda uch-to’rt oyda bir beradigan maoshni ham zo’rga olishadi. Lekin bizni haydayotgan odamlar bor, uyma-uy yurishadi. Ikki prezident qaor qabul qilmas ekan, hech kimning quvishga haqqi yo’q”, - deydi suhbatdoshlardan biri.

O’tgan yil oxirida bu territoriyada aholi bir oy elektr energiyasiz qoldi. Platina qishlog’i Bekobod shahar elektr tarmog’idan uzib qo’yildi.

Tojikiston jamoatchiligi O’zbekiston bilan ziddiyatni o’tkinchi deb hisoblaydi

Odamlar prezident Islom Karimovgacha arz qilib borgan edi, hukumat 22 yuk mashinasida ming tonnalik oziq-ovqat, ko’mir yetkazib berdi.

Elektr tarmog’i yangi yil arafasida qayta ulanib, aholi ancha tinchlandi.

Yoki boshqa bir qishloqda tojik va o’zbeklar to’qnashib, voqea o’sha yerning o’zida bosdi-bosdi qilindi.

Spitamen nohiya raisi muovini Umidjon Hafiziy chegarada muammolar borligini inkor etmaydi. Uning aytishicha, chegaradagi vaziyatda aholining o’zi aybdor.

“Aholi elektr energiyasi uchun o’z vaqtida haq to’lamagan. Bu O’zbekistonga tegishli masala”, - deydi u.

“Biz Platinada O’zbekistonga qarashli Jomiy mahalla raisi bilan suhbatlashdik, Bekobod shahar hokimiyati bu masalalar bilan shug’ullanmoqda va hozir o’rtada katta muammolar yo’q”, - deydi u.

Tahlilchilarning aytishicha, o’rtada kimga qarashli ekani mavhum qolayotgan va jiddiy ziddiyatga sabab bo’lishi mumkin 10 ga yaqin hudud bor.

Tojikiston jamoatchiligi O’zbekiston bilan ziddiyatni o’tkinchi deb hisoblaydi

Rasmiy Dushanbe yirik Rog’un gidroelektrostansiya qurilishini qayta boshlagach, munosabatlar yanada keskinlashdi. Nomini aytishni istamagan soha mutaxassisining aytishicha, aslida respublika kichik GESlar ustida ishlagani to’g’riroq bo’lar edi.

Nabialloh Sunnatiy bu tortishuv-chalkashlik vaqtinchalik, deydi. Uchinchi kuch borki, ikki davlat o’rtasi sovuq bo’lishidan manfaatdor, deydi u.

O’zbekiston chegaraga harbiy texnika joylagani haqidagi ovozalarni Sunnatiy isbotsiz deb hisoblaydi.

“Tojikiston chegara hududlarida O’zbekiston harbiy kuchlari paydo bo’lganini hukumatimiz, tegishli tashkilotlar tasdiqlamas ekan, hammasi bir afsonadir. Mana shu gap-so’z uchinchi ko’rinmas dushman borligini isbotlaydi”, - deydi u.