Suriya poytaxtida yana qonli portlash, 25 odam o’lgan

  • Amerika Ovozi

Suriya poytaxtida yana qonli portlash, 25 odam o’lgan

Suriya davlat matbuoti xabariga ko’ra, poytaxt Damashqda bir kishi o’zini portlatib, kamida 25 odamni o’ldirgan. O’nlab fuqaro yarador.

Politsiyachilar ketayotgan avtobus nishonga olingani aytilmoqda.

Televideniyeda jasadlar, qattiq zarar ko’rgan va qonga botgan avtobus namoyish etilgan.

Portlashni kim rejalagani ma’lum emas. Ikki hafta oldin Damashqdagi ikki xuruj 44 odamni hayotdan olib ketgan edi.

Ayni damda mamlakatga safar qilayotgan Arab Ligasi kuzatuvchilariga qarshi tanqid tobora kuchaymoqda.

Qatar rasmiylari missiya xatolarga yo’l qo’ygan va BMT maslahati, tajribasi lozim, deb hisoblar ekan, muxolifat bugun ommaviy namoyishlarga, xalqaro hamjamiyatni yordamga da’vat etdi.

Liga delegatsiyasi prezident Bashar al-Assadning xalqqa qarshi kuch qo’llamaslik va askarlarni shaharlardan olib chiqish va’dasini kuzatmoqda.