Klinton nimani epladi? Clinton Legacy
Your browser doesn’t support HTML5
Xillari Klinton o’tgan hafta AQSh Davlat kotibi lavozimini Jon Kerriga topshirdi. Klinton xonim o’tgan to’rt yil ichida bosh diplomatlik qildi. Siyosatga qadam qo’yishidan avval u mohir advokat bo’lgan. Turmush o’rtog’i Bill Klinton Arkanzas shtati gubernatori etib saylangach, bu ayol karyerasini chetga surib, siyosatga sho’ngiydi. 1992-2000 yillar orasida, Bill Klinton prezidentlik qilgan davrda, Xillari Klinton dunyo kezib, xalqaro masalalarni izchil o’rgandi. 2000-yilda Nyu-York shtatidan Senatga saylandi. 2008-yilda esa prezidentlik uchun harakat qildi va shiddatli kurashda bu imkoniyatni Barak Obamaga boy berdi. 2009-yilda Obama prezidentlikni boshlar ekan, Xillari Klintondan tashqi ishlar vaziri, davlat kotibi, bo’lishni so’radi. O’tgan to’rt yil ichida u AQSh tashqi siyosatini yuritishdek murakkab bir vazifani bajardi.