BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasiga Toshkentdan kelgan delegatsiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Ekologik Partiyasi lideri Boriy Alixonov ham boʻlib, global iqlim va atrof-muhit masalalari xususidagi xalqaro sammit va boshqa tadbirlarda ishtirok etdi va soʻzladi.
Alixonov "Amerika Ovozi" bilan Nyu-Yorkdagi eksklyuziv intervyuda nafaqat ekologiya, balki Oʻzbekistondagi bugungi siyosiy-ijtimoiy muhit, islohotlar koʻlami, tub muammolar, siyosiy partiyalar va fuqarolar, yaqinlashayotgan saylovlar haqida gaplashdi.
Boriy Alixonov O’zbekistonga qanday xulosalar bilan qaytdi?
Orol boy berildi, uning o’rnida O’zbekiston xalqi nima yarata oladi?
Qurigan dengiz endi aholi punktlariga aylanishi mumkinmi?
Bu hududda hozir chuchuk suv chiqayotgan quduqlar bor, deydi Alixonov.
Ekologik harakat nimaga qodir edi va endi Ekologik partiyaga aylanib nimani eplashi mumkin?
Alixonov deydiki, uning partiyasi faqat so’z bilan cheklanmaydi. “Ham so’zda, ham amalda harakat qilamiz”, - deydi u.
Muammolarni yechibgina, qonunlarni real hayotga tatbiq etilishini ta’minlash bilangina xalq ishonchini qozonish mumkin va siyosiy tashkilot sifatida nufuzga ega bo’lish mumkin, deydi arbob.
Ekologik partiya partiyaga aylanganiga sakkiz oy bo’ldi. Shu davr mobaynida, deydi uning lideri, 247 ming a’zo ro’yxatga olindi. Alixonov partiyasi safi kengayib borishiga ishonadi. Chunki aqli raso har bir inson tabiat uchun qayg’urishi aniq, deydi u.
Alixonov nazarida bugun O’zbekistonda fuqaroning o’ziga ishonchi oshgan va u oldingiga qaraganda ancha faol va talabchan. Partiyalarning a’zolarida ham bu o'zgarishlar seziladi, ayniqsa yoshlarda, deydi u.
Biroq nega parlamentning va partiyalarning faoliyatiga odamlar ishonch bilan qaramaydi?
Partiyalarda o’ziga xoslik yo’q, qolaversa birortasi amaldagi siyosatni va rahbariyatni tanqid qilmaydi, muxolif pozitsiyasida emas. Mamlakat va dunyo bo'ylab O'zbekistondagi siyosiy manzaraga nisbatan yangraydigan bu tanqidga Alixonov qanday javob beradi?
BMTda global iqlim xususidagi sammitga qaytsak, O’zbekiston bu borada xalqaro maydonda avj olayotgan jarayonlardan qanchalik orqada yoki ular bilan qanchalik hamnafas?
Boriy Alixonov bilan suhbatimizni to'liq holda tomosha qiling: