AQSh keskin tanqid ostida - Drones, HRW & Amnesty International
Your browser doesn’t support HTML5
Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi ikki tashkilot – Human Rights Watch va Xalqaro Amnistiya AQShni Pokiston va Yamanda havo hujumlari oqibatida tinch aholining o’limiga sabab bo’layotganlikda ayblab, qo’shma bayonot chiqardi. Obama ma’muriyati aholi orasida talofatlar jiddiy emas deb keladi, biroq bu ikki tashkilot olib borgan izlanish buning aksini ko’rsatmoqda. Human Rights Watch va Xalqaro Amnistiya Qo’shma Shtatlar inson huquqlarini xalqaro miqyosda buzmoqda, deb vaziyatni tergov qilishga chaqirmoqda.