Jahon Banki nazarida iqlimdagi salbiy o’zgarishlar Yevropa va Markaziy Osiyo hayotiga kutilganidan ham ko`proq ta`sir o'tkazishi mumkin.
Rivojlanayotgan jamiyatlarga yordam berishni maqsad qilgan bu tashkilot hukumatlarni ekologiyaga ahamiyat qaratishga chaqirmoqda.
Aks holda, deyiladi Jahon Bankining global iqlim haqidagi tahlilnomasida, Markaziy Osiyodek qishloq xo’jaligiga asoslangan mintaqa ulkan iqtisodiy-tabiiy muammolar ummoni bilan yuzlashadi.
Jahon Bankining xulosa qilishicha mintaqa davlatlari iqlimdagi o'zgarishlarga moslashish uchun yetarli choralar ko'rmayapti.
Mintaqada ob-havoning keskin almashishi, harorat ko`tarilishi, suv toshqinlari, qirg`oqchilik kabi tabiiy ofatlar tez-tez kuzatilmoqda.
Ekologlar deydiki, iqlim o`zgarishga moslashish birinchi navbatda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni talab qiladi.
“Masalan, bu yil yog`ingarchilik bo`lmaganida Qoraqolpog`iston, Xorazmdagi ahvol jiddiy yomonlashardi. Haqiqatdan oqibatlar kutilgandan ko`ra yomonroq bo`lishi mumkin. Hammasi odamning o`ziga bo`gliq. Suvni tejamkorlik bilan sarflash kerak. Iqlim yildan yilga o`zgarib boraveradi, bunga moslashish kerak. Buning uchun davlatning o`zi ham harakat qilishi, qo'shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilishi kerak”, - deydi ekolog olim Rustam Razzaqov.
Bu yilgi ob-havo yo`gingarchilikka boy bo`ldi, suv ko`p. Mintaqa to'g'onlarida hozirgacha yig'ilgan suv hajmi uch yil avvalgi ko`rsatkichlardan oshgani qayd etilmoqda.
Sersuvlik mintaqada muzliklar erishini muttasil davom etayotgani haqidagi xabarlar bilan kuzatilmoqda.
Qirg`iziston tabiatni asrash davlat qo`mitasi tarqatgan ma`lumotga ko`ra iqlim ta'sirida Tyan Shan to`g tizmasidagi 8200 muzlikdan 2000 ga yaqini erib bitgan.
Mintaqa muzliklari yiliga 8 metr tezlikda chekinmoqda.
Suvdan foydalanish va uni taqsimlash mintaqa oldida turgan eng dolzarb va ziddiyatli masaladir.
Rustam Razzoqov fikricha global iqlim o`zgarishining ta`siri muqarrar. Mintaqada suvni asosan qishloq xo`jaligiga sarflash kerakmi yoki aholini ob-hayot bilan ta`minlash uchunmi degan vaziyat ham yuzaga kelishi mumkin.
“Ob-havo qanday kelishidan qat'iy nazar odamlarni ichimlik suvi bilan ta`minlashni yo`lga qo`yish kerak. Pastdagi davlatlar yuqoridan kelayotgan suvga qaram, ichimlik uchun ham, sug`orish uchun ham. Ehtimol suv ko`p ishlatiladigan sholi kabi o`simliklardan voz kechish lozim bo`ladi. Daromad keltirayotgan bo`lsa ham, birinchi navbatda ichimlik suvi turishi kerak”, - deydi Razzoqov.
Jahon Banki tadqiqotlariga ko`ra O`zbekistonda 1 gektar yerni sug`orish uchun 14 ming kubometr, Misrda esa 9-10 ming kubometr suv ishlatiladi.
O`zbekiston qishloq xo`jaligiga moslashgan davlat va suv yetishmovchiligida yuqoridagi davlatlarni ayblab keladi.
Qirg`iziston va Tojikistondagi munosabatga ko`ra O`zbekiston qishloq xo`jaligiga zo`r bermoqda va suv uchun ham haq to`lash lozimligini inobatga olmayapti.
“Biz kelishib ishlasak, energetik masalalar ham hal bo`lishi mumkin. “Menda shu narsa bor, sen busiz hech narsa qilolmaysan”, demasdan hamkorlikda ishlasak, hammasi joyida bo`ladi. Mintaqa xalqi uchun foydali qarorga to`xtashimiz mumkin”, - deydi ekolog olim Tohir Majitov.
Ma`lumotlarga ko`ra mintaqada
Turkmaniston kishi boshiga bir yilda 44 million litr suv ist'emol qilish
bilan birinchi o`rinda, keyingi o`rinda esa O`zbekiston va Tojikiston
turadi. Jahon Banki nazarida iqlimdagi salbiy o’zgarishlar Yevropa va Markaziy Osiyo hayotiga kutilganidan ham ko`proq ta`sir o`tkazishi mumkin.
Rivojlanayotgan jamiyatlarga yordam berishni maqsad qilgan bu tashkilot hukumatlarni ekologiyaga ahamiyat qaratishga chaqirmoqda.
Aks holda, deyiladi Jahon Bankining global iqlim haqidagi tahlilnomasida, Markaziy Osiyodek qishloq xo’jaligiga asoslangan mintaqa ulkan iqtisodiy-tabiiy muammolar ummoni bilan yuzlashadi.
Jahon Bankining xulosa qilishicha mintaqa davlatlari iqlimdagi o'zgarishlarga moslashish uchun yetarli choralar ko'rmayapti.
Mintaqada ob-havoning keskin almashishi, harorat ko`tarilishi, suv toshqinlari, qirg`oqchilik kabi tabiiy ofatlar tez-tez kuzatilmoqda.
Ekologlar deydiki, iqlim o`zgarishga moslashish birinchi navbatda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishni talab qiladi.
“Masalan, bu yil yog`ingarchilik bo`lmaganida Qoraqolpog`iston, Xorazmdagi ahvol jiddiy yomonlashardi. Haqiqatdan oqibatlar kutilgandan ko`ra yomonroq bo`lishi mumkin. Hammasi odamning o`ziga bo`gliq. Suvni tejamkorlik bilan sarflash kerak. Iqlim yildan yilga o`zgarib boraveradi, bunga moslashish kerak. Buning uchun davlatning o`zi ham harakat qilishi, qo'shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilishi kerak”, - deydi ekolog olim Rustam Razzaqov.
Bu yilgi ob-havo yo`gingarchilikka boy bo`ldi, suv ko`p. Mintaqa to'g'onlarida hozirgacha yig'ilgan suv hajmi uch yil avvalgi ko`rsatkichlardan oshgani qayd etilmoqda.
Sersuvlik mintaqada muzliklar erishini muttasil davom etayotgani haqidagi xabarlar bilan kuzatilmoqda.
Qirg`iziston tabiatni asrash davlat qo`mitasi tarqatgan ma`lumotga ko`ra iqlim ta'sirida Tyan Shan to`g tizmasidagi 8200 muzlikdan 2000 ga yaqini erib bitgan.
Mintaqa muzliklari yiliga 8 metr tezlikda chekinmoqda.
Suvdan foydalanish va uni taqsimlash mintaqa oldida turgan eng dolzarb va ziddiyatli masaladir.
Rustam Razzoqov fikricha global iqlim o`zgarishining ta`siri muqarrar. Mintaqada suvni asosan qishloq xo`jaligiga sarflash kerakmi yoki aholini ob-hayot bilan ta`minlash uchunmi degan vaziyat ham yuzaga kelishi mumkin.
“Ob-havo qanday kelishidan qat'iy nazar odamlarni ichimlik suvi bilan ta`minlashni yo`lga qo`yish kerak. Pastdagi davlatlar yuqoridan kelayotgan suvga qaram, ichimlik uchun ham, sug`orish uchun ham. Ehtimol suv ko`p ishlatiladigan sholi kabi o`simliklardan voz kechish lozim bo`ladi. Daromad keltirayotgan bo`lsa ham, birinchi navbatda ichimlik suvi turishi kerak”, - deydi Razzoqov.
Jahon Banki tadqiqotlariga ko`ra O`zbekistonda 1 gektar yerni sug`orish uchun 14 ming kubometr, Misrda esa 9-10 ming kubometr suv ishlatiladi.
O`zbekiston qishloq xo`jaligiga moslashgan davlat va suv yetishmovchiligida yuqoridagi davlatlarni ayblab keladi.
Qirg`iziston va Tojikistondagi munosabatga ko`ra O`zbekiston qishloq xo`jaligiga zo`r bermoqda va suv uchun ham haq to`lash lozimligini inobatga olmayapti.
“Biz kelishib ishlasak, energetik masalalar ham hal bo`lishi mumkin. “Menda shu narsa bor, sen busiz hech narsa qilolmaysan”, demasdan hamkorlikda ishlasak, hammasi joyida bo`ladi. Mintaqa xalqi uchun foydali qarorga to`xtashimiz mumkin”, - deydi ekolog olim Tohir Majitov.
Ma`lumotlarga ko`ra mintaqada Turkmaniston kishi boshiga bir yilda 44 million litr suv ist'emol qilish bilan birinchi o`rinda, keyingi o`rinda esa O`zbekiston va Tojikiston turadi.